Kostyumlar

Nimchali klassik uslubidan tortib, krop-top va midi-yubkali xillarigacha. Dizaynerlar shuningdek uch qismli kostyumlarga bo’lgan his tuyg’ularini yashirmayaptilar. Erkaklarga xos bichimdagi shimli kostyumlar, 80-yillar uslubidagi keng paltolar va shimlar ayniqsa dolzarb. Kostyum matolar chiyduxoba, baxmal va trikotaj matolariga o’z o’rnini bo’shatib bermoqda.

Palto-maksi.

Kalta kurtkalar o’rniga uzun ajoyib paltolar kelmoqda. Ular ayniqsa Nyu-York va Milandagi moda namoyishlarida o’ziga xos o’ringa ega bo’ldi. Uzun paltolar o’z-o’zidan yangi obrazning yaralishiga turtki bo’ladi. Chunki ularning tagidan har qanday libosni kiyish mumkin.

Patlar.

Jimjima to’rlar, drapirovka va yozgi volanlar o’rnini patlar egallamoqda. Dizaynerlar patlar bilan nafaqat kokteyl va oqshom liboslarini, balki kundalik svitshotlar, kostyumlar, paltolarni ham bezatishmoqda. Aksessuarlarni esa aytmasa ham bo’ladi!

 

Oq.

Podium namoyishlaridan ilhomlangan holda, total white uslubini o’z obrazlarimizda aks ettiramiz – jiddiy ko’rinishga ega shimli kostyumlardan tortib, maksi-liboslar va ust kiyimlargacha. Ayniqsa faktura va tuslar uyg’unli o’ziga xos ko’rinishni kasb etadi.

Keng djinsilar

Past belli shimlarning urfga qaytib kelayotganiga qaramay, keng va juda uzun djinsilar biz bilan xali ancha vaqtgacha qoladi. Ularni yaxshisi tor bodilar, krop-toplar va romantik bluzalar bilan uyg’unlashtirgan ma’qul.

 

PANTONE: Amazon — Amazonka

Yorqin yashil Amazon rangi – Amazonkaning xurpaygan ko’kati singari hayotbaxshdir. Urfbop kayfiyat uchun har kuningizni kerakli ranglar bilan to’ldiradi.

 

PANTONE: Samoan Sun — Samoa quyoshi.

Otashin Samoan Sun sariq rangi Ranglar instituti mutaxassislari fikriga ko’ra, o’z iliq taftini ulashadi va cheksiz quvonch hadya qiladi.

 

PANTONE: Orange Tiger — To’q sariq rangli yo’lbars

Yozdan buyon qalbimizdan joy olgan yorqin to’q sariq rang sovuq kirib kelishiga qaramay bizni tark etishga shoshilmayapti. Aksincha kostyumlar, ust kiyimlar va aksessuarlarda o’z aksini topmoqda.

 

PANTONE: Rose Violet

Ushbu tus Valentino moda namoyishi tufayli alohida e’tibor ajratsa arziydigan rangga aylandi. Yorqin pushti rang ushbu mavsumning xitiga aylanishi kuttilmoqda va keyingi mavsumga ham aniq yo`l oladi.

 

PANTONE: Waterspout — Suv girdobi

Havorang feruzaning mayin va nafis tusi tetiklantirib, quvvatlantiradi. Kuzning xo’mraygan kunlarida ayniqsa dolzarb!

 

Poshna va platforma.

Yozda qalbimizdan o’rin olgan va qish to’plamlarida ham dizaynerlar birinma-ketin foydalangan trenddir. Aql bovar qilmaydigan balandlikka qaramay, bunday poyabzallarni kiyish odatda juda qulay.

 

Keng yelkalar.

Oversayz biz bilan anchagacha qolmoqda, endi esa keng yelkalarga ko’nikish vaqti keldi. Ular nozik qomat va uslub xissiyotlarini alohida qayd etishga ko’maklashadi.

Printlar.

Nigohingizni uzib bo’lmaydigan printlar ko`lami yetarlicha bo’ladi. Ular orasida yo’l-yo’l chiziqlar, kataklar, nohot gullar, psixodelik gullar va “g’oz panjasi” bor.