Viva Magenta

Pantone 2023 yilning eng muhim rangini e’lon qildi: bu binafsha tusdagi malina-qizil rang bo’ldi. Rang instituti ushbu rangni “qudratli, qo’rqmas va ilhomlantiruvchi” deb atadi.

Tizzagacha bo’lgan shortilar

Ushbu mavsumda ko’plab dizaynerlar kiyimlarning an’anaviy shakllari va uzunligi borasida, ayniqsa, tashqi kiyim sohasida chegaralarni xatlab o’tmoqdalar. Tizzagacha yetadigan uzun shortilar modaning yanada erkin, qulay va uzun siluetlariga o’tishning misolidir.

Shaffof ishora

Hashamatli astarlardan tortib, jimjima to’rli tun ko’ylaklari va to’liq shaffof oqshom liboslarigacha – bahorgi bashang qarashlar yotoqxona kiyim garderobiga yo’naltirilgan.

 

Qaynatilgan jinsi

Jinsi matolar har doim o’zining kundalik, dag’al va qattiq koloriti bilan mashhur bo’lib kelgan, biroq dizaynerlar klassik matoni olib, unga hashamatli va shahvoniy ko’rinish berishdi. Bella Hadiddagi Givench byustgalteri bunday o’zgarishlarning ajoyib namunasidir. Bu moda sanoatining ijodkorligi va innovatsiyalaridan dalolat beradi, shahvoniy deb hisoblangan buyumlar chegaralaridan o’tib, denimni birinchi o’ringa olib chiqadi.

Qizil

Lateksli qizil – 2023 yilda ko’zga tashlanadigan asosiy ranglardan biri bo’ladi. Jozibali yorqin ranglarning qaytishi Luscious yoki Latex Red tuslari orqali taqdim etilgan.

 

No’xat ustidagi malika

No’xotli bosma – yozning eng mashhur bezaklaridan biri. Saint Laurent, Burberry, Jacquemuslar ushbu trendni namoyish etishdi: print obrazlarga o’ynoqilikni bag’ishlaydi. Agar siz qachondir no’xot gulli kiyimlarni tanlamoqchi bo’lsangiz, yoz buning uchun eng zo’r vaqt.

 

Dengiz

Bahor/Yoz 2023 mavsumida podiumlarga dengiz mavzusi qaytdi. Bugungi trendda havo rang va lavanda tuslari, breton yo’l-yo’l chiziqlar, matroslar qalpog’i, shuningdek suv parisi dumini eslatuvchi to’rli ishlanmalardir.

 

Katak

Katak — yilning har qanday faslida aktualligini yo’qotmaydigan universal bosma naqsh. Ushbu mavsumda katak nafaqat ayollar, balki erkaklar to’plamlarida ham diqqat markazida bo’ladi.

 

To’r

Jimjima to’rlar bahor-yoz lineykasida faol qo’llaniladi. Nozik ko’ylaklar va bodilar, hashamatli bluzkalar, yubka va ko’ylaklardagi jimjima bezaklar hotirjam kundalik ko’rinishlarning o’rnini bosadi.

 

Ochiq qorin

Yalong’och press yana trendda: bu nafaqat past belli shimlar, balki yarim taqilgan kardiganlar, ko’ylaklar va bluzkalardagi qirqimlar, krop-toplardir.

 

Maksimal uzunlik

Ixcham maksi-liboslar miniga mukammal alternativa bo’lmoqda. Bunday obrazlarning vazminligi va jozibasi yangi mavsum uchun kiyim javonining suyukli buyumiga aylanadi.

Kolgotkalar, paypoqlar va golfilar

Ushbu bahorda aksessuarlar barcha obrazlarimizga hamrohlik qiladi: jimjima va rangli kolgotkalar, shuningdek to’rsimon golfilar va paypoqlarni tanlaymiz