PODIUM ITALIA. BAHOR/YOZ 2021

Podium Italia butikida – yangi mavsum 2021 yil bahor / yoz. Biz moda tendentsiyalari haqidagi fikrimizni yangi moda eksperimentlari uchun ilhom manbai sifatida taklif etamiz.

KENG SHIMLAR

Qulay va urfbop –keng shimlar klassik siymolar o’rnini bosmoqda. Bu bilan bizga xatto ofisda ham erkin xis etishimiz imkonini taqdim etmoqda. Ko’plab bichimlar erkaklar shimlarini eslatadi, eng xushbichimlarini sevimli insonimiz kiyim javonidan izlab ko’rishimiz mumkin.

KULRANG

Pantone ranglar instituti rasmiy saytiga ko’ra, Ultimate Gray – mavsumning eng ommabop ranglaridan biri. Har qanday hissiyotlardan holi rang deb hisoblangan ushbu tus bir vaqtning o’zida xohlagan rangga bas kela olishi yoki istalgan vaqt tinchlantirishi mumkin.  Bizga ana shu barqarorlik va ishonch ayni muddao!

GULLI PRINTLAR

Print har qanday mavsum orqali naqorat kabi o’tuvchi mukammal yechim. Faqatgina ranglar jilosi va shakllar hajmi o’zgarib turadi. Ushbu bahorda uzun xilpirab turgan liboslar, kostyumlar, toplar, shortilar va albatta suzish kiyimini bezab turuvchi printlar, rangdor kurtaklar, yorqin to’pgullar va guldastalarga to’la bo’ladi.

DENIM

D

Denim yangi mavsumda nihoyatda funksional. Keng palatssolar, trubalar, skinnilar, boyfrendlar, mom style, kyulotlar, shuningdek kurtkalar, liboslar, jaketlar va ko’ylaklar. Yangi mavsumda bizning sevimli denim yanada yorqinroq bo’ladi – binafsharang, sariq, pushti va to’q ko’k ranglarni tanlang, shu bilan birga kiyimning yaxshi o’rnashganiga e’tibor berishni unutmang.

KAMALAKDAN HAM YORQINROQ

Ranglar ifodasi qanchalik boy va qanchalik yorqin bo’lsa – shunchalik yaxshi. Moda mavsumi xech qanday aralashmasiz toza yorqin bo’yoqlarning haqiqiy jarangini sochmoqda. Hayotga feyerik onlarni baxsh etgan holda, e’tiborni barcha tusdagi optimistik chiziqlar: to’g’ri chiziqlardan tortib, uzuq-uzuq hoshiyalargacha jalb etishi kerak.

SHAFFOF

Yengil matolar va maksimal erkin obrazlar podiumlarni zabt etishda davom etmoqda.

O`ziga jalb etuvchi shaffoflik ko’p mavsumlar davomida muhim urfbop trendlar ro’yxatlaridan o’rin olib kelmoqda. Biroq ushbu bahor va yozda shaffof kiyimlar u qadar ochiq bo’lmaydi, aksincha nafislik va bosiqlikni aks ettiradi.

QIZIL

Qizil rangning barcha jihatlari yangi mavsumda urfbop kayfiyatga javob beradi. Ranglar ifodasining boy tuslari monoxrom shaklda va mutlaqo turli siluetlarda nihoyatda jozibali ko’rinish kasb etadi. Klassikadan tortib, dekonstruktivgacha.

KO’K

Hashamat, tun, chuqurlik rangi. Ko’k rang universal va har qanday tus bilan uyg’unlasha oladi: yorqin va to’yingan rangdan, to pastel va xira ranglargacha. Ayniqsa yorqin ranglar bilan u obrazingizdagi umumiy gammani muvozanatlay oladi. Ko’k tuslar oqshom liboslarning yengil matolaridagi kabi, kundalik uchun mo’ljallangan modellarda ham juda jozibali ko’rinadi.

TO’Q SARIQ

Modaga oid avitaminozga qarshi  kurashda dizaynerlar yorqin va quvnoq tus – maksimal darajada tabiiy apelsin rangini kiritdilar. Mazali va o’ziga ishongan to’q sariq rang kiyim javoningiz palitrasini yengil liboslar, yubkalar, kostyumlar, shuningdek aksessuarlar shaklida yanada to’ldiradi. vetrovkalar, shuningdek aksessuarlar.

QIRQIMLAR

Yozning yana bir maftunkor urfbop tendensiyasi – eng g’ayrioddiy qirqimlar vositasida tananing go’zal qismlarini namoish etishdir. Matonatli mashg’ulotlar va badandagi go’zal oftob jilosi natijasini endi odob-ahloq chegaralari doirasidan chiqmagan holda namoish etish mumkin.

BRA

Ichki kiyimlar evolyutsiyasi yelka tasmalarini yashirmaslik imkonini bermoqda va shu jumladan ust kiyim tagidagi kalta toplar va bralarni ham. Dizaynerlar ushbu jozibali tendensiyani maksimal darajada samarali maromiga yetkazish uchun kontrast ich kiyimlarni tanlashni tavsiya etishadi. Bralarni podiumlarda yuqori belli shimlar va klassik kostyumlar bilan kiyishgan.

SHORTILAR

Ularni bugun ham bazmga, ham ko’chaga kiyish mumkin. Yozgi to’plamlarning moda namoyishlarida mumkin bo’lgan barcha modellarning bisyorligini ko’rdik – tor mikro-shortilardan tortib, erkin uzaytirilgan bermudalargacha, biroz pasaytirilgan bellidan tortib, kamarli yuqori bellilarigacha.

PASTEL MONOXROM

Nihoyatda tinchlantiruvchi, biroq ushbu jihatiga qaramay, nazokatli trend –pastel tuslardagi monoxrom obrazlar. Chang atirgullar yoki kokos suti, hashamdor nastarin yoki bodom ushog’i singari tuslar kiyim javoningizga o’zgacha qiyofa baxsh etadi. Eng muhimi rang qomatingizga hushomad qilsa bas.

UY KOSTYUMI

Lokdaun erkin kiyimlarni ustunlikka chiqardi: ha biz qulaylikka tez ko’nikdik. Shinam uy sharoitini ishxona muhitiga ko’chirish g’oyasi ko’plab brendlarga yoqdi. Podiumlarda xalatlar, erkin bichimli trenchlar, kombinatsiya-liboslar, pijama kostyumlar namoyish etildi. Keng yelkali rasmiy pidjaklar mayin tuzilmagan siluetlarga o’rin bo’shatdi.

BARCHASI BOG’LIQ

Xuddi ilgak bilan to’qilgandek zargarlik to’rlari ko’plab to’plamlarda o’z aksini topgan. Crochet texnikasi yordamida to’qilgan burma liboslar, yubkalar, toplar, kardiganlar yoz so’nggiga qadar qarshi olinadilar.

SARIQ

Pantone Color Institute mutaxassislari joriy mavsumda yilning birdaniga ikkita asosiy rangini tanladilar. Ulardan biri – sariq Illuminating. Ushbu yorqin tus iliq quyosh nurlari, sarhil limon ta’mi bilan tetiklik va ijobiy kayfiyatga hamnafas.

OQ

Murosasiz oq – 2021-yilning bahor va yoz mavsumlarining rasmiy kiyimicha qolmoqda. Total-white`ni qanday qilib qiziqarli va noodatiy qilish g’oyasini dizaynerlarning tayyor modaga oid qo’llanmalaridan va Podium Italia butigi stilistlari takliflaridan izlash mumkin.

MINI

Dizaynerlar muntazam ravishda o`ta kalta uzunlikni podiumlarga chiqarishmoqda. Yangi mavsumda parvarish qilingan oyoqlarga e’tiborni qaratuvchi mikroshortilar, kalta liboslar va mini yubkalarga ko’pchilik qiziqish bildirmoqda.

HAVO RANG

Pantone Color Institute  talqiniga ko’ra, halovatli havo rang tusi Cerulean – eng tinchlantiruvchisidir. Mayin va havoyi, u ko’plab ranglarga mukammal sherik bo’la oladi, biroq total look sifatida ham o’zini yaxshi namoyon eta oladi.

MUKAMMAL JAKET

Yangi mavsum bashanglarga qomatga yopishib turuvchi, unga yaxshi o’rnashuvchi jaketlarning cheksiz tanlovini va’da qilmoqda. Qaysi birini tanlasak ekan – ikki bortli, bir yoqlama tugmali, ipakdan, paxta yoki tvid matolisimi? Dizaynerlar tanlovni o’zingizga havola etishmoqda.

YOQALAR

Uzun va maftunkor bo’yinni alohida qayd etish yoki yelkaning go’zal chiziqlariga urg’u berish kerakmi?   Bu vazifani maksimal katta hajmdagi yoqa udallay oladi. Katlanadigan yoqa, kontrast, viktorian davridan ilhomlangan yoqalarning mayin toza chiziqlari –hashamatli tarzda bezanishga oid istagimizga javob.

PUSHTI NURIDA

Yoshligimizni eslab reza mevali karamel va bubble gum tusdagi kiyimlarni kiyamiz. Pushti rangning trendli palitrasi och pushtidan to’q tusgacha o’zgarib turadi.