PEROFIL
Perofil – bosh qarorgohi Bergamoda joylashgan eng qadimgi Italiya kompaniyalardan biri bo’lib, unga 1910 yilda Perolari oilasi tomonidan asos solingan. Brend ich kiyim, pijama, uy kiyimi, xalat, paypoqlar va erkaklar dastro’moli bozorida yetakchi hisoblanadi.
Brend tarixi misr paxtasidan dastro’mollar ishlab chiqarishdan boshlangan. Yillar sayin mahsulot navlari kengaya boshlaydi: ishlab chiqarish liniyasi tarkibida erkaklar ich kiyimi, uy uchun qulay kiymilar, shuningdek eng yuqori sifatli ekologik toza matolardan tikilgan pijamalar, futbolka, paypoqlar paydo bo’ladi. Perofil o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’lda ishlov berilgan uzun tolali Misr va Amerika paxtasi, Avstriya juni, Osiyo zig’ir tolasidan foydalanadi.
Ishlab chiqarish bosqichlari mukammal yo’lga qo’yilgan: butun material laboratoriya sharoitida sinchkovlik bilan testdan o’tkaziladi, mato 50 marotaba yuviladi va quritiladi, rezinkalar esa 15 000 martaga cho’ziladi. Ich kiyim va paypoqlarni ishlab chiqarishda qo’llaniladigan patentlangan choksiz texnologiya erkaklar organizmida o’tkazilgan tibbiy tadqiqotlarga asoslangan. Shuning uchun ham mahsulotlar qulay va gigroskopik bo’lib chiqadi, tanada sezilmaydi, harakatni cheklamaydi va sport bilan shug’ullanishda juda qulay.