Franceschetti
Franceschetti poyabzallarining har bir jufti aristokratiya ruhi bilan singdirilgan haqiqiy san’at asaridir.
XX asr boshlarida Pitseno Ascoli shahrida tashkil etilgan Italiya savdo uyi Franceschetti – uning asoschisi Adelio Francheshetti sharafiga nomlangan. Francheshetti faoliyatini o’z uyining yerto’lasidagi erkaklar poyabzalini tikishga mo`ljallangan ustaxonasida boshlagan. U kichik oilaviy biznesini dunyodagi eng mashhur kompaniyalardan biriga aylantirgan.
Franceschetti uyi falsafasining asosida hamisha vazmin va olijanob klassika, mashaqqatli qo’l mehnatiga asoslangan aristokratik uslubga ustunlik beriladi. Aynan shuning o’zi brend poyafzallarini chinakamiga noyob etadi.
1983 yilda kompaniya boshqaruvi oilaviy an’analarni muqaddas deb biladigan Francheshetti oilasining uchinchi avlodiga o’tadi. Franceschetti mahsulotlarining o’ziga xos ajralib turuvchi jihati – qo’lda ishlov berilgan qoplama, ikkitalik chok, ikki qavatli charm va detallarga astoydil e’tiboridadir. O’z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun brend faqat zamsh va charm kabi yuqori sifatli tabiiy materiallardan foydalanadi. Dizayn o’zida tinchlantiruvchi ranglar va mayin chiziqlarni aks etadi.
Bugungi kunda Franceschetti poyabzallarning ikki uslubini ishlab chiqaradi: klassik va sport. Brendning o’ziga xos farqi – taglikka o’yilgan logotip, shuningdek, Franceschetti poyabzallarini darhol tanitadigan an’anaviy chokidir. Ushbu savdo uyining xech bir modeli bog’ichsiz ishlanmaydi, bu ham brendning o’ziga xos xususiyatidir.