Serapian

Serapian aksessuarlari – bu bejirim milan uslubi va italyancha qo’l ishining betakror an’anasidir.
Serapian moda uyi o’tgan asrning 40-yillarida, kelib chiqishi arman bo’lgan Stefano Serapyan tomonidan asos solingan. Kompaniya tabiiy matolardan yuqori sifatli sumkalar, hamyonlar, chemodanlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahsulotlarining o’ziga xos tuzilishi orqali, uni osongina tanib olish mumkin. Serapian klassik, jozibali ixcham shakllarga ega. Serapian`ning barcha mahsulotlari Italiyada qo’lda ishlab chiqariladi va ko’p marotaba sifat nazoratidan o’tkaziladi.
Dastavval hunarmand erkaklar hamyonlari, borsetkalar va nesseserlarni ishlab chiqarishga e’tiborini qaratgan. Keyinchalik marka assortimenti tarkibida portfellar, yo’l xaltasi, chemodan, kofralar, qog’oz uchun charm jildlar va boshqa aksessuarlar paydo bo’la boshlaydi.
Moda uyini tanitgan kashfiyotlar muhlislar tomonidan haligacha qadrlanadi. Bu bo’rtma kubli S harfi bilan bezatilgan, 1970 yilda patentlangan Stepan matosi; tirnalish va namlikdan himoya qiluvchi, buzoq terisidan ishlov berilgan Evoluzione matosidir. Brend muhlislari uni mayin qo’zichoq terisidan o’zaro kesishgan chiziqlar tufayli xosil bo’ladigan kontrast rangli jiddiy geometrik shakllarga ega koshinkor suratlari uchun ham alohida qadrlashadi.
Serapian ustalari silliq terini o’simlik komponentlari bilan bo’yab, kashmirdek yumshoqlikka erishguncha yog’och barabanlarda aylantiradilar.
Bugun Serapian – milan uslubining eng zo’r elchisi, brendning har bir modeli esa – haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Serapian Milano jozibali va urfbop charm aksessuarlari – har qanday erkaklar obraziga mukammal qo’shimcha va u uchun haqiqiy sovg’adir.