Santoni

“Biz dovrug’ qozongan nom bilan pul topmaymiz, biz yuqori darajali sifat bilan pul topamiz”
Andrea Santoni

Santoni belgisining falsafasi “barchasi bir tom ostida” (bir oila vakillari birlikda) iborasidek jaranglaydi. Bu faqatgina charm mahsulotlar tayyorlash jarayoniga emas, boshqaruvga ham taalluqli. Savdo belgisi boshida Santoni oilasi a’zolari turadilar: Juzeppe Santoni rivojlantirish bo’yicha menedjer, uning singlisi Ilenia Santoni esa ma’muriy ishlar bo’yicha mutaxassis, sinyor Santonining o’zi bo’lsa yuksak darajali charm mahsulotlar ishlab chiqarilishining har bosqichida qatnashadi. Italyan shaharchasi Korridoniyadagi fabrikadan chiquvchi har qaysi tovar asl Santoni bo’lmog’i darkor.
Santoni — bu asl zargarona ishdir, chunki brend poyabzallari qo’lda yasaladi. Italyan poyabzal ustalarining bu nodir ishlanmalarini qaytadan yaratib yoki taqlid qilib bo’lmaydi. Har poyabzal poyiga o’ziga xos san’at asaridek yondoshiladi.
Santoni betakror to’q ranglar beruvchi tabiiy bo’yoqlar bilan an’anaviy ishlov berilgan eksklyuziv sifatli charmdan foydalanadi.
Santoni poyabzali qutiga solinishidan oldin majburiy sifat nazoratidan o’tadi. Usta har bir poyabzal poyining tikilishi va alohida qismlarini diqqat bilan tekshirib chiqadi, so’ng poyabzal qattiq nazoratdan o’tgani belgilangan talonni qutiga joylaydi. Bu Santoni oilasi ko’p yillar davomida sodiq qolib kelayotgan an’analardan sanaladi. Santoni poyabzallari Italiyada – Corridonia, Macerata, Marche tumanlari – poyabzal yasash poytaxtlarida markazlashgan ishlab chiqarishga ega.