«Nanushka kiygan ayol atrofdagilar fikri bilan ish ko’rmaydi, unga ichki qulaylik va erkinlik muhim».
«Men Sharq bilan G’arb uchrashgan yerdagi shaharda o’sdim. Ushbu ikki taraflilik mening shaxsiyatimni va dizaynerlik qarashlarimni shakllantirdi».
Sandra Sandor, dizayner.
Shimlar, sviterlar, toplar, kardiganlar, palto, kurtka, trikotaj liboslar minimal dizaynga asoslangan –paxta, ipak, jundan tayyorlangan – matolar sifati va qismlariga alohida e’tibor bilan ishlab chiqarilgan.
2019 yilda markaning barcha muhim jihatlari va uning qadriyatlari saqlangan holda, erkaklar liniyasi ham paydo bo’ladi.
Brend tabiiy charm tuzilmasini takrorlovchi firmaga xos innovatsion matodan foydalangan holda, o’zining eko charmi bilan mashhur. Ushbu mato Cruelty Free standartiga rioya qilgan holda, tekstil asosiga poliuretanni quyish yo’li orqali yaratiladi.
Nanushka`ning eng muhim yo’nalishdaridan biri – sustainability (barqarorlik) va barcha ishlab chiqarish zanjirining ekologik jihatlarini nazorat qilishdan iborat. Brend an’analarni saqlagan holda, qo’lda ishlovning turli xil texnologiyalariga jalb etib, artizanal ustalarni qo’llab-quvvatlaydi.
G’oya
Sandorning diplom ishi Bauxaus rassomlariga bag’ishlangan. Xatto uning shiorlaridan biri Sandor markasi sloganiga aylangan: “Shakl funksiyaga asoslanadi”. Nanushka buyumlari – o’ziga xos, yorqin va noodatiy, shu bilan yana bir muhim jihati – ularning juda qulayligi. Ularni qaysi kiyimlar bilan moslashtirish mumkin ekan deb, ustida bosh qotirish shart emas.
Boshqacha aytganda – bu zerikarsiz bazaviy garderob bo’lib, har qanday sharoitga ham mos kelaveradi. Joriy erkaklar to’plamlarida markani yanada yoqtirib qolishga sabab bo’lgan ajoyib trikotaj mahsulotlari, to’q sariq rangdagi eko charmdan tikilgan firmaga xos ko’ylaklar, shuningdek katakli ikki bortli klassik pidjaklar ham mavjud. “Aminmanki, qachonki qulaylik his etsangizgina, siz o’zingizni jozibali va erkin his etasiz. Kiyimbosh sizni chegaralashi emas, balki ruhlantirishi lozim”, – deydi Sandor.