“Mening asosiy ilhom manbaim –ayol siymosi: men yaratayotgan narsalar uni yanada jozibali etib ko’rsatadi”. Gianvito Rossi.
Brend falsafasi dizaynerning o’zi uchun muhim bo’lgan g’oyalarga asoslangan: zamonaviylik, nafislik va xushbichimlik. Rossi oddiy shakllarni hush ko’rgan holda, hamisha ayol siymosidan ilhomlanadi: “Men yaratayotgan narsalar, uni yanada jozibali etib ko’rsatali”.
Brend to’plamlarida ultra zamonaviy urfbop trendlarni topish qiyin, biroq har faslda Gianvito Rossi barcha zamonlarga xos mukammal variantlarni taklif etadi.
Mohir usta birinchi galda har bir modelga nihoyatda qulaylik bag’ishlovchi qolipning to’g’riligi va charmning mayinligiga e’tiborni qaratadi. Gianvito Rossi ijrosidagi xatto o’n ikki santimetrlik nozik poshna paypoqlar bilan ham qulay bo`lib, ayollarga xos qadam tashlashga ta`sir etmaydi.
Gianvito Rossi poyabzalini odatda mashhur insonlar qizil yo’lak uchun tanlashadi.