Gianni Chiarini
Italiya brendi Gianni Chiarini tarixi 2000 yilda Florensiyada boshlangan. Marka asoschisi – modelyer Djanni Kyarini 1970 yillardan buyon fashion-industriya sohasida ishlab kelmoqda.
Gianni Chiarini – Florensiyadagi charmdan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya bo`lgan Contemporarybags`ning sho’ba korxonasi hisoblanadi. U yerda Kyarini sumkalar ishlab chiqarish bo’linmasini boshqargan. Zamonaviy ayol uchun aniq nima kerakligini bilgan Kyarini, ham kundalik foydalanish uchun mo’ljallangan mukammal sumkalar, ham oqshom bazmlari uchun jozibali klatchlar yaratadi. Brend falsafasi asosida – haqiqiy hashamat har bir qismdagi jozibali minimalizmdadir degan g`oya yotadi. Oddiy shaklli modeallar salobatli va funksional bo’lib, ular qo’shimcha dekorlarga ehtiyoj sezmaydi.
Bugun Gianni Chiarini yilda ikki marotaba har biri yuzlab modellardan iborat yangi to’plamlarni chiqarib kelmoqda. Ularning so’zsiz jozibasi – oddiylik, universallik va qulayligida.
Gianni Chiarini mahsulotlarini ishlab chiqarishda maxsus ishlov berilgan tabiiy charm hamda italyancha zamshdan foydalaniladi. Sumka va klatchlardan tashqari, Chiarini kamarlar, qo’lqoplar va boshqa charm aksessuarlarini ishlab chiqaradi.