1990 yilga qadar Ermanno poyabzal, kamar va sumkalarni o’z ichiga olgan aksessuarlar to’plamini yo’lga qo’ygan holda, o’z faoliyatini mustaqil olib borgan. Shuningdek u moda ihlosmandlari orasida shuhrat qozona olgan «Ermanno Daelli» brendi ostida ayollar to’plamini yaratadi. 1991 yilda dizaynerning birinchi erkaklar to’plami dunyo yuzini ko’radi
Mahoratli tadbirkor Toni Shervino bilan tanishuv to’qsoninchi yillarning boshlarida yuz beradi. O’sha paytlarda Toni sport kiyimlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Keyinchalik hamkorlik 1997 yilda Ermanno Scervino brendining rasmiy ro’yxatga olinishiga asos bo’ldi.
Ermanno Scervino moda uyining ijod mahsuli nafis san’at asari, yuqori sifatli tikilishi va hashamatga bo’lgan sodiqligi tufayli moda olamida shiddat bilan ko’pchilikning sevimli brendiga aylanib boraverdi. Ishlab chiqarish jarayonida kashmiri, ipak, zig’irpoya tolasi, jimjimador to’rlar, denim, mo’yna, ekzotik charm kabi faqat eng yaxshi materiallardan foydalaniladi. Yaratuvchilar dizayn ishlab chiqish va dekorlarni tayyorlashga juda ko’p vaqt va resurslarni sarflashadi. Qo’lda ishlangan modellarni yaratish jarayonida yuzlab tikuvchilar, jumladan 500 dan ortiq misrlik kashtachilar jalb qilingan.
Benuqson chiziqlar, qo’shimchalar, qadama naqshlar, burmalar va bezaklar – bularning barchasi Ermanno Scervino buyumlarini noyob va eksklyuziv qilib, vaqtga qaram bo’lmas nafislik kodini belgilaydi.