«Otamdan ko’pini o’rgandim, ular menga barcha narsada go’zallikni ko’ra bilish, moda, san’at, me’morchilik va tabiatdan ilhomlanishni o’rgatdilar!». Rene Kaovilla
1970-yillardan boshlab kompaniya o’z poyabzalini Valentino moda namoyilari uchun taqdim eta boshladi. 1990-yillarda brend Christian Dior va Chanel bilan hamkorlik qilishni davom ettirdi, 2000-yilda esa shaxsiy brendi ostida poyabzal ishlab chiqarishni boshladi. O’shanda Milanda kompaniyaning birinchi butigi ochilgan edi.
Biznesni boshqarishning asosiy muvaffaqiyat kaliti – bu barqarorlik, deya Kaovilla oilasi uqtiradi. Mana 80 yildirki ushbu oila etalon poyabzallarni yaratish sirini avloddan avdlodga yetkazib kelmoqda.
Poyabzal ishlab chiqarilishida faqat yuqori sifatli materiallardan foydalaniladi: venetsiancha shishadan strazlar, jimjimador to’r, qadimiy kumush shokila, kashmiri, sobol mo’ynasi shular jumlasidan. Ushbu moda uyi ilon kabi oyoq to’pig’ini chirmab oluvchi kamarli yalang poyabzal(bosonojka)ning kultga aylangan modelini dunyoga taqdim etdi. Ilk bor ushbu model Valentino moda namoyishlarida ko’zga tashlangan. Aytgandek, ilon brendning oshkor qilinmagan ramzidir.
Hozirda kompaniyani Fernando Rene Kaovilla boshqarib kelmoqda, Rene Caovilla poyabzallari Tokio, Milan, Venetsiya, Parij, Dubay, Rim, Londondagi butiklarda sotilmoqda.
Marka muhlislari orasida: Elizabet Xyorli, Kameron Diaz, Djennifer Eniston, Aleksa Chang, Ketrin Zeta-Djons va boshqa yulduzlar bor.