Neil Barret
Barrettning har bir poyabzal jufti – bu haqiqiy “harakatdagi san’at asari”dir.
Barrettning har bir poyabzal jufti – bu haqiqiy “harakatdagi san’at asari”dir.
Barrett poyabzali uni kiygan erkak kishining uslubini namoyon etish bilan birga uning mavqeini ham belgilaydi. Barrett poyabzali egalari haqiqiy qulaylik va jozibani qadrlaydigan insonlardir.
Ingliz materiallarining mukammal sifati va Italiya dizaynining jozibasini birlashtirgan Barrett kompaniyasiga 1917 yilda Parmada asos solingan. Bunga Londondagi charm ishlab chiqaruvchi zavod egasi Djon Richardson Barrettning poyabzal ishlab chiqarish sohasida italiyaliklarning mahoratiga bo’lgan qiziqishi turtki bo’lgan. Italiya bo’ylab sayohati davomida Barrett o’zi uchun yangi bir juft poyabzalga buyurtma beradi. Ushbu poyabzal o’zining jozibasi, dizayni va qulay poshnasi bilan uni lol qoldiradi. Shundan so’ng Barrett ana shu faoliyat uchun Italiyaga charmning eng zo’r turlarini yetkaza boshladi. Bu bilan u muvaffaqiyatli hamkorlikka asos soladi.