MRZdan sport, klassik va kundalik kiyimlar zamonaviy ayolning garderobiga yaxshi mos keladi.
Jun, paxta va ipak aralashmasi, yorqin rasmlar ko’rinishidagi bezak, printlar, asimmetrik qismlar – bu nafaqat trikotaj, balki o’zini namoyon etish usulidir!
Trikotaj mahsulotlaridan nafaqat qulay jemperlarni, balki yelkalari osiltirilgan hoshiyali tor toplar, chuqur yirmochli kombinezonlar, o’ta yupqa matodan yengil asimmetrik liboslar va palatsso-shimlarni yarata olish mumkinligiga MRZ ishontirdi.
MRZ to’plamlari o`zida trikotaj mahsulotlarining barcha chegarasiz imkoniyatlarini aks ettirgan.
Yosh Italiya brendi MRZ 2011 yilda opa-singillar Marsiali, Mare va Simonelar sharofati bilan paydo bo’lgan.
1974 yilda tashkil topgan Tomas Knitwear Manufacturing Company trikotaj fabrikasi egasining qizlari doim zamonaviy moda industriyasi qarashlarini o’zida namoyon eta oladigan shaxsiy brendni yaratish istagida bo’lishgan. Ular oilaviy kompaniyani rivojlanish va faoliyatning mutlaqo yangi pog’onasiga chiqarishga erishganlar.