MORESCHI
«12 yoshimda men o’zimning birinchi Moreschi mokasinlarimni kiyib ko’rgandim va ular naqadar qulayligidan hayratlangandim. Dadam haqiqatta sifatli poyabzal tayyorlar ekanlar, deb o’ylagandim!»
Franchesko Moreski
«12 yoshimda men o’zimning birinchi Moreschi mokasinlarimni kiyib ko’rgandim va ular naqadar qulayligidan hayratlangandim. Dadam haqiqatta sifatli poyabzal tayyorlar ekanlar, deb o’ylagandim!»
Franchesko Moreski
Kompaniya dastlab Morres deb nomlangandi, ammo boshqaruv 1957 yilda Marioning o’g’li JanBeppe Moreschi qo’liga o’tgandan so’ng, brend nomi 1963 yilda Moreschi’ga o’zgartirilgan. O’sha yili italiyalik grafika dizayneri AG Fronzoni Moreschining o’sha mashhur “M” harfini eslatadigan bir-birini aks ettiruvchi ikkita uslubiy poyabzal ko’rinishidagi Moreschi logotipini yaratgan. Bu kabi yangilanish sotuvlarning Italiya tashqarisiga chiqqanligi bilan bog’liq edi. Bugungi kunda JanBeppe bilan birga uning uch nafar o’g’li Mario, Stefano va Franchesko kompaniyani boshqaradi.
Moreschi oilasi uch avlod ketma-ket hunarmandchilik an’analariga rioya qilgan holda poyabzal yaratish bilan shug’ullanadi. Texnologiyaning rivojlanishi va avtomatlashtirishning joriy etilishiga qaramay, bir qator turdagi poyabzallar bichimi, choki, shuningdek bo’yash ishlari qo’lda amalga oshiriladi. Moreschi merosi o’z ishiga bo’lgan ehtiros, tajriba va an’analarni hurmat qilish intilishiga asoslangan.
Dastlab, kompaniya faqat erkaklar uchun kiyimlarni yaratishga qaratilgan edi, ammo tashkil etilganidan 50 yil o’tgach, brend ayollar poyabzallarini ishlab chiqarish bilan ham shug’ullana boshladi. Mahsulot assortimenti juda boy: brend loferlar, snikerlar, derbilar, broglar, oksfordlar, shipaklar, mokasinlar, monklar, chelsyea va boshqa modellarni ishlab chiqaradi.
Brend qora, kulrang, to’q ko’k, to’q jigarrang va oq ranglarni afzal ko’rgan holda, an’anaviy palitraga amal qiladi. Bundan tashqari, qizg’ish-jigarrang, och jigarrang va to’q yashil rangli namunalar ham mavjud.
Moreschi poyabzallarining taglig qismi charm yoki rezinadan, ustki qismi esa jilosiz va silliq full-grain buzoq terisi, kiyik terisi, tuyaqush va pekari po’stini, kenguru, timsoh, buyvol terisi va zamshdan tayyorlanadi. Kiyganda qulay bo’lishi uchun astar charmdan yasaladi.
YArim juft poyabzalning og’irligi 230-270 grammni tashkil qiladi – bunday engil vaznga materialni ehtiyotkorlik bilan tanlash orqali erishiladi. Materialni ishlatishdan oldin sifatini tekshirish uchun maxsus xonalarda olti oygacha saqlanadi. Oyoq kiyimlarini tayyorlash jarayoni esa eng mayda qismlargacha o’ylangan. Moreschi poyabzallarini ishlab chiqarishda bir nechta dizaynlardan foydalanadi:
Blake – charm va rezina taglikli poyabzallar uchun. Poyabzalning yuqori qismi oraliq va asosiy taglikka mahkamlangandan so’ng, maxsus dastgoh poyabzalning pastki qismini tikadi.
Goodyear welted – bu baxyali konstruktsiya bo’lib, unda rant poyabzalning yuqori qismiga tikiladi, so’ngra suv o’tkazmasligi va chidamliligini ta’minlovchi ikkinchi chok bilan charm taglikka ulanadi.
Tubular – loferlarni tikish uchun ishlatiladi. Poyabzal qo’lda yumshoq va moslashuvchan charm naycha shakliga keltiriladi, so’ngra ustki qismi maxsus igna va mumlangan sim yordamida tikiladi.
Stitched box – bu krossovkalar ishlab chiqarish uchun konstruksiya bo’lib, unda rezina taglikning tashqi qirrasi tikilgan holda amalga oshiriladi, bu esa poyabzalning zichligi va chidamliligini oshiradi.
Poyabzal uslubi va dizayniga qarab, ishlab chiqarish jarayonida bo’yash va patinalash qo’lda bajariladi.