Mackage

Mackage — bu qulaylik haqida.

Kanada kompaniyasi Mackage ust kiyimlarning yetakchi savdo belgisini ishlab chiqqan brend bo`lib, qish modasida haqiqiy inqilobni amalga oshiroldi.
Brend tarixi 1999 yildan boshlanadi. Uning asoschilari – monreallik Eran Elfassi (Eran Elfassy) va Eliza Daxan (Elisa Dahan)lardir. Charm kurtkalardan iborat brendning debyut to’plami Mackage deb nomlanib, u keyinchalik kompaniya nomiga aylangan.
Charm mahsulotlardan asta sekinlik bilan brend trendlar va funksionallikni uyg’unlashtiruvchi par kurtkalar va italyancha junga e`tiborni qaratdi. Kompaniya o’z toifasidagi eng zo’r mahsulotlarni yaratishga intilgan holda, uning qadriyatlaridan biri hisoblangan barqaror rivojlanishni targ’ib qila boshladi.
Parkalar va par kurtkalarda charm mahsulotlari va charm detallardan foydalanishlik Mackage`ning tashrif qog’ozi hisoblanadi.
Bundan tashqari ikkitalik zanjir tasmali minimalistik Edward parkalari, kontrast rangli tabiiy mo’ynadan ishlangan keng Morittz parkalari, yupqa va muallaq Eryk kurtkalari hamda bir paytning o’zida tez tanib olish mumkin bo`lgan dekorativ element va shamoldan himoya vazifasini o’tovchi kengaytirilgan qadama yengli va rezinkali Dixon kaltaytirilgan modellar ham shular jumlasidan.
Brend shuningdek jiddiy ishbilarmon kiyim javoni uchun parkalar, shahardagi faol hayot tarziga mo’ljallangan layfstayl-modellar va tog’-chang’i kurortlar uchun kurtkalarni yaratish uddasidan chiqmoqda.
Brend mahsulotlarining ihlosmandlari va doimiy mijozlari orasida Madonna, Djessika Bil, Britni Spirs, Xolli Berri, Xilari Daff, Niki Xilton, Gvinet Peltrou, Bleyk Layvli, Yeva Mendeslar bor.