Kristian Labuten 1963-yilning yanvarida Parijda tug‘ilgan.
O‘n ikki yoshidanoq maktab daftarlarini ayollar tuflisining turli-tuman chizmalari bilan to‘ldirishni boshlagan. O‘sha paytlarda, Kristianning so‘zlariga ko‘ra, uni raqqosalar obrazi ilhomlantirgan. Aynan shundan bo‘lsa kerak, u yaratgan tufli modellarida bu o‘z aksini topadi – qadam tashlayotgan paytingizda tasmalar, pirpiraklar va jiyaklar bilan bezak berilgan tufli o‘zgacha harakat jilosini ulashadi.
Labuten 16 yoshligidan dizayner va kutyure Sharl Jurden qo‘lida tahsil oladi, so‘ng Chanel va Yves Saint Laurent’da erkin dizayner bo‘lib ishlaydi. Labuten shu vaqtlarda ayol oyog’i ostining shamoyiliga alohida urg‘u beriluvchi maxsus shaklli, qayiqqa o‘xshash tuflilarni o‘ylab topadi.
25 yoshida esa dizayner Parijdagi Passage Vero-Dodat’da ilk butigini ochadi va “Christian Louboutin” brendini rasman ro‘yxatdan o‘tkazadi.
1994-yilda esa poshnasi alvon rangga bo‘yalgan tuflilarning dastlabki to‘plami paydo bo‘ladi. Bu kashfiyot patentlangan va “follow me” (“ortimdan yur” deya tarjima qilinadi) deya nomlangan.
1996-yilda “Lucite” deb nomlangan yangi to‘plam paydo bo‘ladi. Uning o‘ziga xosligi esa ichida turfa mayda jismlar yoki gullar bo‘lgan shaffof poshnalar edi. Aktrisa Ariel’ Dombal’ uchun ichida sevgi maktublari bo‘lgan noyob tuflilar maxsus yasalgan.
1997-yildan brend butiklari London, Nyu-York va Los-Anjeles shaharlarida ochiladi. Kristian Labutenning Moskvadagi poyabzal do‘koni 2003-yilda ochildi.
2007-yilda “Fetish” tarmog‘i vujudga keldi.
2009-yil – “Marie Antoinette” tarmog‘i.
Xuddi shu yili erkaklar poyabzali tarmog‘i ham paydo bo‘ldi.
2010-yil mashhur ustaning bir necha yangiliklari yili bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Eng asosiy biri – bu aktrisa va model Bleyk Layvliga bag‘ishlab “Layvli” deya nomlangan rangli qayishchali tuflilar to‘plami edi. Aynan shu yilda “Christian Louboutin” poyabzal markasi “Footwear News” nashri tomonidan eng ehtirosli deya e’tirof etildi.
2011-yil yigirma santimetrli poshnalarga ega ekstremal-baland tuflilar chiqqani bilan e’tiborlidir. To‘plam yaratilishida mohir va mashhur ustani balerinalar va raqs davomida ularning tovonlari holati ilhomlantirdi.
2012-yilda “Christian Louboutin” brendi yigirma yillik yubileyini nishonladi.
“Labuten” tuflilarini Katrin Denyov, Sher, Madonna, Elizabet Teylor, Merayya Keri, Britni Spirs, Anjelina Joli, Kristina Agilyera, Kayli Minoug va ko‘plab mashhurlar kiyadi.