L.B.M. 1911
LUBIAM Italiya brendi (Luigi Bianchi Montova’ning qisqasi) nozik uslub va yuqori darajali sifatni o’zida mujassam etgan.
Kompaniyaning barcha liniyalariga oid hamma kiyimlar faqatgina Italiyaning Mantuye shahrida tikiladi.
LUBIAM Italiya brendi (Luigi Bianchi Montova’ning qisqasi) nozik uslub va yuqori darajali sifatni o’zida mujassam etgan.
Kompaniyaning barcha liniyalariga oid hamma kiyimlar faqatgina Italiyaning Mantuye shahrida tikiladi.
Xatto yosh janoblar ham qadrlaydigan eng zamonaviy tendensiyalarga muvofiqlik va puxta o’ylangan nafislik «L.B.M. 1911»ning yanada demokratik liniyasini boshqalaridan ajratib turadi.
LUBIAM matolar to’plami yuqori sifatning eng yaxshi namunalarini, jumladan Super 120’s dan Super-180’s gacha bo’lgan Loro Piana jun gazlamasi va Vitale Barberis Canonico va Fratelli Tallia di Delfino kabi italyan ishlab chiqaruvchilarining matolarini o’z ichiga olgan.
Kompaniya haqida
1898. Tikuvchi Luidji Byankining faoliyati Italiya shimolidagi Mantuya shahrida boshlangan.
1911. «LUIDGI BIANCHI» birinchi do’konining ochilishi. Biroq erkaklar liniyasini yanada rivojlantirish va mukammallashtirishga barcha e’tiborni qaratish maqsadida kiyimlarning ayollar liniyasi vaqt o’tib yopiladi.
1938. «Luigi Bianchi INDUSTRIAL PRODUCTION» yangi fabrikasning ochilishi.
1939. LUigi BIAnchi Mantova’ga akronim sifatida LUBIAM yorlig’ining yaratilishi kompaniya tarixi boshlangan o’sha joy va davrni yana bir bor eslatib turishdan iborat.
1940-1960-yillar. Milan markazida shou-rumning ochilishi, “LUBIAM’da kiyinib, o’zingizni boshqacha xis etasiz” shiori ostida paydo bo’lgan reklama kampaniyasining yaratilishi.
1970-1980-yillar. Kompaniya boshqaruviga Bianchi oilasining uchinchi avlodi keladi.
1980-chi va 1990-yillar kompaniya xalqaro bozorlarda kengaya boshlaydi. Shundan buyon u Harrod’s(London), Barney’s (AQSH), N.K(Stokgolm), F One (Yaponiya)da taqdim etilgan.
2005. Italiyaning tikuvchilik san’atiga yangicha nigohni aks ettirgan casual L.B.M. 1911 uslubida yoshlar uchun kiyimlar liniyasiga asos solingan.
2011. Luigi Bianchi Montova moda uyining yuz yilligi.