O’z to’plamlarini yaratish jarayonida aka-uka Bittonlar konservativ dizaynlarga rioya qilishadi – frantsuzcha asosining ta’siri bilinadi. Biroq, Nyu-Yorkda uzoq vaqt yashash va rok-guruhi tarkibidagi ishtirok dizaynerlar ishida o’z aksini topdi – frantsuz jozibasi va klassikasi 70-80-yillardagi Amerika sahnasining granj va rok-n-rolli bilan nafis uyg’unlashib ketgan. O’z to’plamlarini yaratishda Loran va Arik paxta, charm, jun, viskoza, ipakdan foydalanadilar, ular oddiy bichim va original detallarni moslashtiradilar. Smart casual kiyimlar bilan chatishtirilgan granj uslubidagi aksessuar va kiyimlar Sohodan Los-Anjelesgacha, Londondan Seul, Livan, Shanxay, Sindaogacha bo’lgan moda muxlislari qalbidan joy oldi.
Amerikancha vintajli beparvolik va yaponcha o’ziga xoslik ta’siriga ega frantsuz klassikasi: IRO to’plamlari individuallikni ifodalash imkoniyatini taqdim etuvchi ixcham uslubni sevuvchilar uchun kundalik obrazlarni yaratadi. Frantsuz moda uyining hunarmandlari bezaklarda yumshoq draperovka, burmalar va atayin qo’pol tarzda tikilgan granj bichimli to’rlardan foydalanadilar. Dizaynerlar jurnaldagi modellar uchun emas, balki kundalik hayot uchun, doimo harakatda bo’lgan qizlar uchun kiyimlarni yaratishni istashardi, ya’ni ularning kiyimlari kundalik hayotiga sevimli filmdagi saundtrek kabi hamroh bo’lishiga intildilar.
Ijodkorlar Parij romantikasi va Nyu-York rokiga yaponcha beboshlikni qo’shdilar, bu bilan nafosat va zamonaviylikning mukammal muvozanatini shakllantirishga erishdilar. Aka-uka Bittonlar o’z ishlarida mos kelmaydigan narsalarni – matolar, uslublar, fasllar aralashmasini uyg’unlashtirishga intilishadi. IRO – o’zlari xohlagan kiyimni, xohlagan vaqtda kiyadigan, qishda yozgi va yozda qishki kiyimlarni kiyadigan jasur odamlar uchun mukammal kiyimdir.