Givenchy

Uni moda sohasining so’nggi aslzodasi deb atashadi. Oddiylik va joziba, nafislik, maftunkorlik va intellektual uslub Yuber de Jivanshini modaning abadiy klassikasi asoschisiga aylantirdi. 

Yuber de Jivanshi 1927 yilda Fransiyaning Bove shahrida tavallud topgan.

1952 yilning 2 fevralida 25 yoshida u o’zining shaxsiy Givenchy Moda uyiga asos solgan.

1953 yilda kutyure hayotida tub burilish sodir bo’ladi. birinchidan, uning ilk to’plami misli ko’rilmagan muvaffaqiyatga erishadi va bunday yutuq unga inqilobchi degan shuhrat keltiradi.