Eleventy

Milan brendi muvaffaqiyati asosida italyan an’analari va inoovatsiyalarining uyg’unligi, qo’l mehnati va to’quvchilik mahoratiga alohida e’tibor, sifatli, ekologik toza mahsulotlar tanlovi yotadi.

Eleventy kompaniyasi erkaklar va ayollar uchun ko’rkam to’plamlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Mazkur brendni qadrlovchilarni yevropacha mumtoz uslub, aniq kesma va chiziqlarga ega kiyimlar o’ziga maftun etadi. Bundan tashqari, belgi ustalarining har qanday garderob buyumini mukammallikka qadar yetkazish tengsiz qobiliyati ham mijozlarni jalb etadi.