COSTARELLOS
Brend dizayneri ayollarning nafis jozibasi va zamonaviyligini o’zida aks ettirgan g’ayritabiiy, ertakona buyumlarni yarata turib, qadimiy grek afsonalaridan ilhom manbaini olgan.
Brend dizayneri ayollarning nafis jozibasi va zamonaviyligini o’zida aks ettirgan g’ayritabiiy, ertakona buyumlarni yarata turib, qadimiy grek afsonalaridan ilhom manbaini olgan.
Uslub – klassikani namoyon etadi, liboslar nafis va jozibali, ular turli tantanali marosimlar uchun ham mo’ljallangan.
Christos Costarellos Moda uyiga 1998 yilda asos solingan va prêt-à-porter hamda haute couture uslubidagi ayollar modasiga ixtisoslashtirilgan.
Christos Costarellos – grek dizayneri. U Germaniyaning Dyusseldorf shahrida tug’ilgan.
Dizaynerning ota-onasi bevosita moda industriyasiga aloqador insonlar bo’lishgan. Shuning uchun ham Christosning kelajagi bolaligidanoq ma’lum bo’lgan. U kiyimlar dizaynini Gretsiyadagi Dimitrelis Moda maktabida o’rgangan. Shundan so’ng Angliyadagi London moda kollejida teatrlashtirilgan kostyumlar dizayni bilan shug’ullangan.
Costarellosning Afina markazida joylashgan birinchi atelyesi dizaynerning chokni tikish, bezak berish ishlari va maxsus kutyur uslublarini qadrlovchi eksklyuziv mijozlar bilan ishlashga mo’ljallangan.
Christos Costarellos to’plamlari tez orada o’zining betakror jozibasi va deyarli g’ayritabiiy, romantik qirralari tufayli jahon bashanglari tomonidan tan olingan.
2000 yilga kelib, prêt-à-porter to’plamlarini ishlab chiqish hamda Sur Surure xizmatini taqdim etuvchi – ikkita yangi ustaxona sharofati bilan kompaniya yanada kengaygan.
2005 yilda Christos Costarellos har yilgi Afina moda haftaligini o’tkazish bo’yicha Moda dizaynerlari grek uyushmasi tashabbusiga qo’shildi.