BY FAR
«Barcha to’plamlar orasidan bittagina narsani tanlashimiz kerak bo’lsa, u ham Rachel sumkasi bo’lar edi. Chunki aynan biz birinchilardan bo’lib baget sumkalarga e’tiborni qaytadan qaratdik». Hali yosh brend bo`lgan By Far 2016 yilda yaratilgan. Brend asoschilari egizak opa-singillar Valentina Bezuxanova, Sabina Gesheva hamda ularning dugonasi Denisa Bumbarovalar hisoblanishadi. Valentina va Sabina brend boshqaruvi, marketing va imiji uchun javob berishsa, Denisa dizayn bilan shug’ullanadi.