Brioni
Brioni – mashhur Italiya moda uyi, lyuks klassidagi eng bashang va bejirim erkaklar urfiga oid jahonning eng mashhur brendlaridan biri.
Brioni – mashhur Italiya moda uyi, lyuks klassidagi eng bashang va bejirim erkaklar urfiga oid jahonning eng mashhur brendlaridan biri.
1952 yilda Florensiyada kolleksiyalarning birinchi namoishi o’tkazildi.
Brend yaratuvchilarining Jovanbattist Jordjini bilan uchrashuvi Amerikani zabd etishga zamin yaratdi. Amerikalik xaridorlar va jurnalistlar uchun o’tkazilgan tarixda birinchi fashion-show Brioniga Nyu-Yorkda o’rnashishga imkon yaratdi.
50-60 yillar. Muvaffaqiyatning yangi to’lqini: “Rim ta’tillari” va “Shirin hayot” aktyorlari o’sha yerning o’zidan suratga olish jarayonlari uchun kostyumlarga byurtma bergan holda, Brionidan kiyinishadi.
1990 yil. Kompaniya bosh direktori Umberto Anjeloni bo’ladi. Mumbay, Sankt-Peterburg, Baku va boshqa shaharlarda butiklar paydo bo’la boshlaydi. Brioni mahsulotlari Jeyms Bond bilan suratga olingan filmlarda ko’rina boshlaydi (1995 yildan).
2006 yil. Kompaniya rahbariyatiga Andrea Perroun, Antonella de Simone (kompaniya asoschilari qarindoshlari) va Antonio Biyenchini kelishadi.
Turli davrlarda Kirk Duglas, Gari Kuper, Jon Ueyn, Genri Fonda, Entoni Kuinn, Klark Geybl, Donald Tramp, Kofi Annan, Nelson Mandela, Luchano Pavarotti, Pele, Tayger Vudslar kompaniya mijozlari bo’lishgan.
“Brioni falsafasi o’zgarishsiz bo’lgan, hozir ham shunday va shunday bo’lib qoladi. O’z qadrini bilgan va yuqori ijtimoiy pog’onaga tayangan zamona erkaklari, shubhasiz Brioni leybli ostidagi kostyumlarni kiyishi lozim. Bunday kiyimlar uning betakror shaxsiyatini namoyon etadi. Chunki Brioni kostyumlari– bu birinchi navbatda abadiyat va haqiqiy xushbichimlik dunyosi demakdir”.
Umberto Anjeloni.