Alexander McQueen`ning o’ziga xos uslubi – bu jarangdor va murakkab shakllardir. Brend bisotida qizil yo’lakning eng g’ayrioddiy obrazlari mujassam. Kelib chiqishi britaniyalik bo’lishiga qaramasdan, marka to’plamlarida Angliyaga xos rasmiyatchilik an’analari aslo ko’zga tashlanmaydi.
O’z karyerasi davomida dizayner bir necha mukofotlarga sazovor bo’ldi: “Yilning britaniyalik dizayneri”, CFDA taliqini bo’yicha “Yilning xalqaro dizayneri” (2003 yil), Britaniya imperiyasi ordeni Komandori va GQ talqini bo’yicha “Erkaklar kiyimi dizayneri” (2007 yil).
2010 yilda Aleksandr Makkuin to’satdan hayotdan ko’z yumadi, shundan so`ng Sara Berton brendning ijodiy direktori lavozimiga tayinlanadi, ungacha u 17 yil davomida marka atelyesida faoliyat yuritgan.
“Men Lining uslubidan xech qachon o’tib ketolmayman. Men axir ayolman, shuning uchun narsalarga u qaragandek qarolmayman”.
Berton qo’l kashtasi mahoratini yangi darajaga ko’tara oldi. “Nafaqat bichim, balki kashta va bezak juda muhim. Men xuddi Alexander McQueen kiyimlarini kiyayotgandek xis etishingizga imkon beruvchi buyumlarni yaratmoqchiman”, – deya qayd etadi dizayner.
2011 yilning 29 aprelida shaxzoda Uilyam va Keyt Middltolarning to’yi bo’lib o’tadi. Kelinning to’y libosi dizayni, singlisining ko’ylagi ham Sara Berton tomonidan yaratiladi.