YANGI KUZ, YANGI HISSIYOTLAR, YANGI MARKALAR!

jono1

Yangi mavsum o‘zi bilan olib kelayotgan o‘zgarishlar – sovuq shamol, tabiat yuzidagi kuz bo‘yoqlari, moviy osmon -abadiyat to‘g‘risida o‘ylanishga majbur qilibgina qolmay, balki har bir ayol har kuni o‘ziga beradigan savol – nima kiyish mumkin, degan savolga javob izlashga undaydi. Kelajak mavsumda biz modadagi yangi tendensiyalardan boxabar bo‘lishimiz, poytaxtdagi Podium Italia butigida namoyish etilgan turli detallar ichidan o‘z tabiatimiz, kayfiyatimizga mosini tanlashimiz, bir-biriga moslashimiz, betakror obraz yaratishni bilishimiz kerak. Bo‘lajak 2013-2014 kuz-qish mavsumiga butik kolleksiyasida namoyish etilgan yangi, dunyoga mashhur markalar o‘zlarining jadal, g‘ayrioddiy, ijodkorona yaratilgan modellari bilan sizni yorqin tabiatingizni yaqqol ko‘rsatib beradi.

Asosiysi – turfa xil modellar va aksessuarlar ichidan aynan sizga tushadiganini topish. Kuz mavsumida ayollik latofati va ehtiros dolzarb mavzu. Jo No Fui markasi aynan ayollik latofati va ehtiros timsolidir. “Zamonaviy ayol bugun kiyadigan kiyimlarini o‘zi tanlay olishiga amin, unga tayyor yechimlar kerak emas.” Shu g‘oyadan kelib chiqqan holda Alessiya yaratgan turli-tuman liboslarda haqiqiy ayol nazokati va betakror etnik motivlar sezilib turadi. Alessiya kolleksiyasining asosiy qahramonlari – geometriya, hajm va rang!

Jo No Fui – bu hayotda ildam qadam tashlab borayotgan, hech bir cheklovlarni tan olmaydigan erkin ayollarni o‘ylab ijod qiladigan marka.

Tugab borayotgan yozni qo‘msaysizmi? Uning yorqin bo‘yoqlari va beg‘uborligini uzaytirishni istaysizmi? U holda g‘ayrioddiy va barcha kamalak ranglarini mujassam etgan WHO’S WHO markasi liboslari bilan aslida kim ekanligingizni hammaga ko‘rsating! Hayotga quvnoq nazar, ijodkorlik, drayv – WHO’S WHO. Liboslarini tanlaydigan kishilarning asosiy fazilatlari. Marka dizayneri Massimiliano Dossi Ko‘ylak to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlarni chilparchin qilgan holda, u kamalak ranglari jilosiga to‘la, podiumdan turib, tomoshabinlar va xaridorlar qalbiga ko‘tarinki kayfiyat jo qila oladigan kolleksiyalar yaratdi. Ilg‘or italyan brendi liboslari murakkab va jadal zamonaviy hayot bilan hamnafas. WHO’S WHO – bu haqiqiy ranglar va chizgilar favvorasi.

WHO’S WHO yaratgan ayol obrazi – bu abadiy yoshlik, go‘zallik va nazokat timsoli. Ushbu brendni haqiqiy hashamat va sifatni qadrlovchilar uchun yaratgan Massimiliano Dossi ijodi o‘laroq har bir obraz yorqin va betakror san’at asariga aylanadi.

Beg‘ubor yozdan dam olishni, jo‘shqinlikni sokinlikka, moda cho‘qqisidagi buyumlarni doim dolzarb klassikaga almashtirishni istaganlar uchun Giorgio Grati markasi intellektual nafislik va o‘zining beqiyosligiga ishonch hadya qiladi. Dunyoga kelgan vaqtidanoq ushbu marka bashanglik va nozik did timoliga aylandi.

Brendning barcha modellarini boshqalardan ajratib turadigan yorqin xususiyati – mutlaqo yuqori sifat, innovatsiyalar va italyan to‘qimachilik sanoati an’analariga sodiq qolgan holda bajarilgan detallarga alohida e’tibor. O‘z kolleksiyalarini yaratar ekanlar, marka dizaynerlari eng hashamatli va eksklyuziv matolardan foydalanadilar. Bugungi kunda “Jordjo Grati” – bu ko‘rkam ayollar uchun chiroyli kiyim sotuvchi va xush kayfiyat ulashuvchi korxona. Bunday ayollar nazokat va o‘ziga xoslikni o‘zgacha tushunadilar.

Poyabzal va sumkaning ko‘pi bo‘lmaydi – bu o‘zini hurmat qiladigan har qanday olifta qiz uchun aksioma. Yangi mavsumdan boshlab sizda sayyoramizning eng ilg‘or va mashhur poyabzal ustalari Giuzeppe Zanotti dizaynerlari mahsulotlaridan huzurlanish imkoniyati bor! Giuzeppe Zanotti Design va Vicini – sobiq didjey Juzeppe Zanutti boshchilik qiladigan ikki mashhur marka eng injiq qizlarning ko‘nglini ovlaydi va har qanday sharoitda: xoh teatrga tashrif bo‘lsin, xoh do‘konma-do‘kon yurish-u talabchan ota-onalar bilan tanishish bo‘lsin, xoh ish yuzasidan uchrashuv va, hatto, to‘yingiz bo‘lsin, mazkur marka kolleksiyasidan o‘zingizga mos poyabzalni doim topasiz! Massimoning ichki dunyosini to‘ldirgan barcha durdonalar – san’at, musiqa, adabiyot va qiziqarli uchrashuvlar har yili uning kolleksiyalarida o‘z aksini topadi. “Yangi juft tufli dizayni ustidan ishlayotganda men muayyan soch turmakli, ma’lum yo‘sinda bo‘yangan va ma’lum taqinchoqlarni tanlagan ayolni ko‘z oldimga keltiraman!”, deydi u.

Uzoq yillar davomidagi ijodi davomida Juzeppe Zanotti asarlarida ikkita asosiy mavzu saqlanib qolgan: bashanglik va rok-n-roll. Yangi kolleksiyalar o‘zgaruvchan dunyoga moslashib borgan va, shu bilan birga, ularda brend an’analari saqlanib qolgan. Turli tuman uslublarni (vintaj, casual, etnik motivlar, glem-rok va hokazo), materiallar (zamsh, ilon va timsoh terisi, atlas, shoyi, laklangan charm), rang va yuqori sifatli tekstura poyabzal tayyorlash bo‘yicha italyan an’analari bilan uyg‘unlashib ketishi imkonini beradigan o‘ziga xos va jur’atli dizayn markani boshqa brendlardan ajratib turadi.

Xullas, ijod qiling, o‘ylab toping, sinang, Podium Italia eshiklari siz uchun doim ochiq! Yangi obraz qidirayotgan har bir ayolni tajribali maslahatchilar kutib oladilar. Ular moda dunyosida sizga yo‘ldosh bo‘ladilar va o‘ziga xosligingiz va tabiatingizni yuzaga chiqaradigan liboslarni tanlashga yordam beradilar!