PODIUM Bahor -Yo’z 2018

Bahor-yoz mavsumining yaqqol xitlari va eng muhim yonalishlari – bu shubhasiz, shakl ustida olib borilgan dadil tajribalar va bo‘yoqlar rangbarangligining noan’anaviy uygunlashuvi, bir-biridan garoyib kesmalar va uslub tushunchasiga yangi nigoh demakdir. Bir-biridan jozibador print-bezaklar quchogiyu yol-yol chiziqlarning oyinqaroq harakatlaridan, moyboyoq ranglarining jilosi-yu yorqin ranglarga burkangan liboslar tarovatidan ilhom parisini izlang: gozal xayolot uchun sarhad bilmas makondan uni topasiz!

Rassomchilik maktabi.

Istagan qiyofangizdagi tund kayfiyatni rangtasvir san’atining turfa ko‘zgudagi akslari ila quvonchga aylantirish juda oson hamda maroqli. Bundan tashqari, shu mavsumda ayni urfga kirgan eklektika uslubi har qanday uyg‘unlikka izn beradi. Guldor motivlar Dsquared va Twin Set to‘plamlarida jo bo‘lgan. Odatda chinakam print-bezaklar rangorang ko‘rinish kasb etadi – Burberry, Emporio Armani, Salvatore Ferragamo ijod mahsullarida animalistik mavzulardan tortib abstrakt-animatsion mavzularga qadar yondoshuv ohangrabodek tortadi. Jangovar shiddatli hissiyotlar jo‘sh urganda qanday kiyingan ma’qul? Marhamat – Philipp Plein’dan kamuflyaj print-naqshlari e’tiboringizga muntazir.

1

Uning ortida.

Jazirama yoz uchun xos va mos trend – bu mutlaq harirlikdir. Ko‘zlar ilg‘ashi darajasi esa xohishingizga qarab kichik bir ishva pog‘onasidan to bariga erk berish pog‘onasiga qadar odimlab boraveradi. Burberry,Dsquared, Emporio Armani Ermanno Scervino, Eliye Saab jaket va yubkalar, top va ko‘ylaklar, trench va shimlar matosi ila o‘yinqarorlik qiladi. Bu vaqt esa Salvatore Ferragamo kardigan va mini-ko‘ylaklar tuzilishi ustida tajriba o‘tkazish bilan band. Moncler fransuz bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan nafis va hilpiroq yubkalarda harirlikni sinaydi.

2

Ranglar o‘yini.

Vanil, zefir, yalpiz va limonli muzqaymoqning lazzatli bo‘yoqlari bahor-yoz garderobida yorqin rol o‘ynaydi. Yumshoqqina va mayin ranglar sovuqqina monoxrom ko‘rinishlarda (Cappellini, Fabiana Filippi, Patrizia Pepe) ham, Celine’dagidek yalpiz va alvon-karamel ranglarining birlashuvidan Tods’ning degrade effektigacha har qanday uyg‘unlikda ham o‘z jozibasini yo‘qotmaydi. Ranglar saltanatidagi taxtiravonlardan biri alvon rangga atalgan. Burberry, Ermanno Scervino, Valentino va Celine brendlarida – total-look (boshdan-oyoq libos) alvon rangda, Emporio Armani esa alvon applikatsiyalar tarannumi ila diqqatni tortadi.

3

Kataklar bosqichida hisoblaganda.

Katak-katak uslub hech qachon jahon podiumlarini tark etmaydi va ko‘z oldimizda turli talqinlarda: unga sezilarli urg‘u berilishidan to jilovlangan muvozanat darajasi qadar namoyon bo‘laveradi. Burberry’ning an’anaviy print-uslubi – erkaklar va ayollar to‘plamlaridagi nafosat va viqor; vishi kataklarining Twin Set ko‘ylak va yubkalarida asosiy urg‘u kasb etishi; bo‘yiga saf tortgan katakli printlar – Celine tanlovi; Ermanno Scervino kostyumlaridagi “g‘ira-shira” va harir yubkalardagi grafik kataklar. Qani o‘z did darajamizni tanlab olamiz!

4

Mumtoz ijro.

Kostyum har xil: klassik va jiddiy, bemalol, osilib turadigan “qop” shaklli, bir-biriga umuman mos kelmas asimmetrik detalli yoki umuman noodatiy bichimli bo‘lishi mumkin. U ideal darajadagi aniqlikda tikilgan Caruso, Castangia va Corneliani kostyumlaridan tortib kalta yengli pidjak (Emporio Armani) uslubigacha bo‘ladimi yoki qaymoqrang tusdagi Tods kostyumlari bo‘ladimi, barchamizning bizni chindanda ilhomlantiruvchi libosni kiyishga to‘la haqqimiz bor. Ayollarga mo‘ljallangan to‘plamlarda esa yaqqol ustunlik Salvatore Ferragamo klassikasi, bukilgan shim va bo‘yin uchun ro‘molli Tods kostyumi va asimmetrik plisslangan yubkalar va oversize-jaketlardam iborat Celine kostyumlari misolida marvarid-kulrang rangi tomonda.

5

Borliqning barcha boyoqlari.

Ish kunlarining oq-qora tusda bir xil kechishini xushlamaydiganlar uchun oson chora bor – garderobingizga bo‘yoqlar qo‘shing. Qanchalik yorqin bo‘lsa, shunchalik yaxshi, deya hisoblaydi dizaynerlar. Chuqur taassurot qoldirsa bas, ne borki qorishtiradilar, miks qiladilar. Billionaire qizil va qaymoqrang, ko‘k va sap-sariq xantal rangi, yashil va oq ranglar aralashmasidan saralangan eng shirali palitra ila ko‘ngillarni zabt etmoqda. Tods yorqin moviy ranglarda qotib qolgani yo‘q va an’anaviy ansamblda katta qizil sumkalarga ham joy topib berishning uddasidan chiqayapti, Burberry esa erkaklar obrazlarida xantal va yashil ranglarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Aytgancha, ayollar uchun mo‘ljallangan to‘plamalarda qizil rang yaqqol peshqadamlikni qo‘lga olgan. Emporio Armani, Salvatore Ferragamo Valentino ko‘ylak va jaketlar, erkin turadigan shimlarni “ehtiros rangi”ga bo‘yayotgan bir paytda Twin Set o‘z e’tiborini qizil aksessuarlarga qaratgan. Patrizia Pepe bo‘lsa, mavsumni qizil tusdagi tantanavor liboslarsiz tasavvur qila olmaydi.

6

Grammatika darsi

Logomaniya – ramzlarga ishqibozlik dizaynerlarga hech ham tinchlik bermayapti: bu bahor va yozda biz Emporio Armani mayka va toplarida, Ermanno Scervino va Twin Set’ning futbolka va jemperlarida qatorlar oralab to‘g‘ri o‘qishni o‘rganamiz.

8

Ozgina-yu sozgina.

“Hajmni kengaytirish” san’ati dizayner xayolot uchun mos makondir. Asosiy yo‘l ikkita: issiq mavsumda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan ko‘p qatlamlilik uslubi (xuddi Burberry va Dsquared kabi) va bichimlarga nisbatan mutlaqo o‘zgacha yondoshuv (Celine’ning keng trench va kostyumlari kabi).

9

Notekis nafas.

Asimmetrik modellar bora-bora ulug‘vorlik maqomini qo‘lga kiritib bormoqda: biz Salvatore Ferragamo va Twin Set to‘plamlaridagi ko‘ylaklarning ayol timsoliga xos nafosatini va “bir yelkalik” toplarini jon dilimiz bilan ma’qullaymiz, ehtirosni junbushga keltira olgani uchun ham Celine’ning asimmetrik dekoltelarini qadrlaymiz va Rick Owens’ning liboslar tuzilishiga doir dadil qarorlaridan ruhlanamiz.

10

Ajoyib chiqish.

Zodagonlarga xos belgilar atlas, ipak va qora rang bag‘rida yaltiraydigan donachalar sharofati ila jilo oladi. O‘zingizga mos keladigan “jilo sochish darajasini” Emporio Armani, Salvatore Ferragamo brendlaridan izlang. Nur sochi ishtiyoqingiz kuchaysa Eliye Saab’ning lyureksli ko‘ylaklari orosidan ziynatlaning.

11

Omad chizigi

Hech narsa shakl-shamoyil va uning mos o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlangan “yo‘l-yo‘l” printdek yuzaga chiqara olmaydi. Dizaynerlar sodda qarorlar bilangina cheklanmay, yo‘l-yo‘l chiziqlarni har tomonga aylantirishishayotganga o‘xshaydi. Valentino va Milly’dan bo‘yiga va eniga yo‘naltirilgan chiziqlarni o‘rganing, Emporio Armani va Fay’dan chiziqlar va tasvirlarning abstract mazmunini topishga urinib ko‘ring, Celine’dagi qat’iy ko‘k vayorqin sariq-yashil-oq chiziqlar qo‘shilmasidagi ranglar uyg‘unligini eslang. Va bo‘yoqlar isyonini Self Portrait’dan oq-qora diagonallar yordamida bostiring.

12

Sportcha baxs.

Hech narsa oldi urfdagi garderobda mavjud sport uslubidagi unsurlar o‘rnini bosa olmaydi. Philipp Plein shim, hudi va bomberlaridagi yuqori texnologik materiallar va shijoatga undovchi shiorlar – bu sport mavzusi va strit-stayl jo‘rligidagi ijod namunasining asosiy notalaridir.

Qulay bichim va chidamli mato, neytral ranglar va yorqin urg‘u berilgan bo‘yoqlar: shim, yubka va hatto ko‘ylaklarda ham lampas chiziqlarini eslatuvchi Burberry va Milly modellarini zavq bilan o‘rganing.

14