PODIUM ITALIA

2013 yil bahor-yoz

ffff

2013 yil bahor-yoz mavsumida turli xil xarakterlar, ranglar va kayfiyatlar ustunlik qiladi. Dizaynerlar neo-romantik urg’ular, gotika elementlari, sport bashangligi yoki militari stili, klassikaning yangicha talqinini xush ko’radi. 2013 yil kelayotgan bahor-yoz mavsumida moda tendensiyalari: avangard fasonlar, dadil printlar, ajoyib dekorativ bezaklar, shuningdek donador burma va qo’sh etaklar. Murakkab tekstura va applikasiyali bo’rtma matolardan tikilgan modellar moda xitlari deb e’tirof etilgan. Ikkita yorqin rang uyg’unlashtirilgan kontrastli ko’ylak va kostyumlar, kaltalashtirilgan top va bluzkalar, shuningdek to’rlar va perforasiyalangan charm – ayniqsa dolzarbdir.

BALENCIAGA

Balenciaga Uyining 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi – aniq va kreativdir. Dizaynerning ilhomi burmalar ko’pligi, baskalar, assimetriya, uzun shleyflar, uzun qiyiqlarda aks etgan. Bunda brendning o’ziga xos firma stili – futurizm – qat’iy keng hajmli shakllar yordamida ifoda qilingan. 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasida kalta toplar, etagi yirtiq va uzunligi har xil tasmali yubkalar, jaketlar shunga o’xshash uslubda tayyorlangan. Balenciaga versiyasiga ko’ra yozning Must have: baskali dramatik qora ko’ylaklar, charm gulbarglardan tikilgan kalta ko’ylaklar, oq jilet-palto va yengsiz bolero-toplar. Bundan tashqari, bular lifi bo’rtma ko’ylaklar, odmi bichimli pidjak  va to’g’ri shimdan tuzilgan to’plamlar, mini-yubkalar va kalta jaketlar, applikasiyali to’g’ri bichimli ko’ylaklardir. Kolleksiya ranglari: qora bilan oq va kul rang, sariq va ko’k rangning sovuq tuslari. Matolar, odatdagidek, g’alati: quyuq kashta tvidni eslatadi, nafis to’rlar sintetika bilan bir tusda, trikotaj qattiq bo’lishi uchun unga yelim shimdirilgan. Lazerda qirqilgan charm, rezina singdirilgan ip, laminasiya qilingan tvid va ikki yoqlama gabardindan foydalaniladi. Aksessuarlar: katta quticha-sumkalar va bilak uchun halqali koshelyok-sumkalar.

BCBGMAXAZRIA  

Balenciaga Uyining 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi – aniq va kreativdir. Dizaynerning ilhomi burmalar ko’pligi, baskalar, assimetriya, uzun shleyflar, uzun qiyiqlarda aks etgan. Bunda brendning o’ziga xos firma stili – futurizm – qat’iy keng hajmli shakllar yordamida ifoda qilingan. 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasida kalta toplar, etagi yirtiq va uzunligi har xil tasmali yubkalar, jaketlar shunga o’xshash uslubda tayyorlangan. Balenciaga versiyasiga ko’ra yozning Must have: baskali dramatik qora ko’ylaklar, charm gulbarglardan tikilgan kalta ko’ylaklar, oq jilet-palto va yengsiz bolero-toplar. Bundan tashqari, bular lifi bo’rtma ko’ylaklar, odmi bichimli pidjak  va to’g’ri shimdan tuzilgan to’plamlar, mini-yubkalar va kalta jaketlar, applikasiyali to’g’ri bichimli ko’ylaklardir. Kolleksiya ranglari: qora bilan oq va kul rang, sariq va ko’k rangning sovuq tuslari. Matolar, odatdagidek, g’alati: quyuq kashta tvidni eslatadi, nafis to’rlar sintetika bilan bir tusda, trikotaj qattiq bo’lishi uchun unga yelim shimdirilgan. Lazerda qirqilgan charm, rezina singdirilgan ip, laminasiya qilingan tvid va ikki yoqlama gabardindan foydalaniladi. Aksessuarlar: katta quticha-sumkalar va bilak uchun halqali koshelyok-sumkalar.

BILLIONAIRE COUTURE

Yangi mavsumning yorqin va savlatli kolleksiyasi an’anaga ko’ra, hashamatga o’rgangan erkaklarning afzal ko’rishiga asoslangan. Billionaire Couture bahor-yoz kolleksiyalari kreativlik va erkaklar uchun liboslar dizayniga ajoyib yondashuv bilan ajralib turadi. Matolarning to’g’ri tanlangani – ip, shoyi, nafis trikotaj, maxsus ishlov berilgan denim – issiq mavsumda qulaylik va shinamlikni ta’minlaydi. Marka dizaynerlaridan bahor-yoz taklifida – tanilgan kostyumlar, erkakcha ko’ylaklar, eksklyuziv jinsilar, yozgi pidjaklar, kostyumlar.

BURBERRY 

BURBERRY 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi odatiy vazmin britan stilining yangi talqinini namoyon qiladi. Klassik yozgi paltolar to’r va charm bilan bashang bezalgan, ko’ylak va bluzkalarning yenglari esa nisbatan keng hajmga ega bo’lgan. Kolleksiya asosida – kalta kurtkalar, bahoriy palto va trenchlar, to’rli bluzka va yubkalar, trend uchun xos shorti va kupalniklar. Yozgi garderobda qomatga yopishgan kokteyl ko’ylaklari, metallik mato ko’rinishidagi toplar, bel qismi yuqorida klassik yubkalar, byuste-jaketlar, kalta bomberlar mavjudligi dolzarb bo’ladi. Modellar uzunligi asosan tizzagacha. Ushbu yozda Burberry kolleksiyasida kokteyl ko’ylaklari bilan uyg’unlashtiriladigan turli xil yopqichlar taqdim qilingan.

Ranglar gammasi yorqin va to’yingan bo’lib, o’z ichiga yashil, qizil, qovoq sariq va ko’k rang tuslari, shuningdek an’anaviy vazmin sarg’ish rangni o’z ichiga oladi. Foydalaniladigan materiallar: ip, to’r, charm, shoyi, neylon, atlas. Esda qoladigan detallardan – kapyushonlar va metall matolar.

Aksessuarlar sifatida kolleksiyasida tumshug’i ochiq tuflilar, tasmali yorqin tuflilar, yorqin metall tusdagi katta sumkalar, oval ko’zoynaklar taqdim qilingan.

CAROLINA HERRERA

Karolina Errera o’ziga sodiq qolib, bashang, nafis va havodek yengil liboslarni yaratadi. Kolleksiyada yengi keng  va shaffof qo’shimchali shoyi va shifon yubkalar taqdim qilingan. Dizayner ularni trapesiyali mini-yubkalar va kalta shortilar bilan kiyishni tavsiya qiladi. Shuningdek, kolleksiyadan grafik printli, tovlanuvchi bir yelkali, etagi uzun qo’shqavat ko’ylaklar, shaffof to’rli uzun tor ko’ylaklar, uzun jaketlar va kecha liboslari o’rin olgan. Oddiy bichim bilan uyg’unlashgan to’rlar trend-matoga aylandi.

Liniyaning asosiy ranglari – oq, qovoq sariq, pista rang, yogurt rangi, shuningdek, qizil va fuksiya rangi. Oq ko’ylak yoki paltodagi kontrast rangli dog’lar ko’rinishidagi abstraksiya elementlar, shuningdek rangli naqshlar, daraxt shoxlari ko’rinishidagi o’simlikli printlar, olijanob oq matoda oltin kashtalar e’tiborni o’ziga tortadi.

CASTANGIA 1850 М

Marka dizaynerlari odmi ishbilarmon stilni sportive va casual elementlari bilan qorishmasini bemalol targ’ib qilishni davom etmoqda. Yangi mavsumda an’anaviy klassik kostyumlar zamonaviy erkakning garderobida casual stilli komplektlari va ajoyib aksessuarlar bilan juda yaxshi to’ldiriladi. Lineykada erkakcha ko’ylaklar, ip va charmdan yengil kurtkalar, toraytirilgan shimlar, klassik tufli va mokasinlar, keng hajmli charm sumkalar, galstuklar hamda to’liq va o’ziga xos zamonaviy muvaffaqiyatli erkak qiyofaini yaratish uchun imkon beradigan quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklar taqdim qilingan. Kolleksiyaning savlatliligini olijanob ranglar – kul rang, sarg’ish, oq, yashil, siyrak gulli urg’u berilgan ko’k rang yana bir bor ta’kidlaydi.

CESARE PACIOTTI 

2013 yil bahor-yoz mavsumining Cesare Paciotti yangi kolleksiyasi asl italyancha stilda bajarilgan. Yorqin va hashamatli shakl va fasonlar ustunlik qiladi. Ayollar modellari, xuddi erkaklarniki kabi, keng diapazonda taqdim qilingan: odmi ohanjamali tumshug’i uchli klassikadan keng poshna yoki tanetkali demokratik tufligacha. Asosiy materiallar – tabiiy charm, zmsh, metall, strazlar. Kolleksiya ranglari tuslarni keng gamasi bilan xushnud qiladi: moviy, limon, pushti, qizil va ko’k tuslar uyg’unligi hamda nozik printlar kolleksiyani yozgicha nafis va jozibali qiladi. Sifatli ishlov berilgan charm hamda bezak va aksessuarlar boyligi – sport sumkasidan nozik bilan bezalgan ridikyulgacha – qiyofani betkaror qiladi. Ayniqsa issiq quyoshli kunlar uchun brend dizaynerlari o’ziga xos quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklarni tavsiya qiladi.

CHAPURIN 

Dizaynerning ilhomi uchun xippi davrining falsafasi va estetikasi hamda Woodstok festivali manba bo’lib xizmat qildi. Yorqin art-perfomanslar modellar geometriyasida aks ettirilgan. Yangi mavsumda Chapurin kokteyl ko’ylaklari uchun mayin siluetlarni tanlagan. Ular qomatga erkin yopishgan, bluzalar konstruksiyasida keng hajmli yenglardan foydalanilgan. kolleksiyada toplar yelkasining tabiiy chiziqlari hamda yubkalarning qulay uzunligi, kecha ko’ylaklarining tovlanuvchi burmalari, kombinezonlarning lo’nda aniqligi hamda charm shorti va shimlarning vazmin mardligi uyg’unlashgan. Dizayner pushtining yorqin tuslari va moviy rang palitrasidan foydalandi. Kerak bo’lganda ularga qora va sarg’ish rang qo’shadi, kolleksiyaga printlangan matolarni kiritadi. Mazkur matolar xippi davridagi geometrik naqshlar stilistikasini eslatadi. Yangi kolleksiyada tabiiy matolar – tovlanuvchi shoyi, krep, xira charm ustunlik qiladi. Dizayner matoning fakturasini ishga solib, qalin va shaffof matolarni uyg’unlashtiradi.

CORNELIANI 

Corneliani brendi yangi mavsumda an’anaga ko’ra qulaylilik va xushbichimlilik qorishmasini tashkil qiladi. Och va to’q rangning barcha tuslari nihoyatda nazokatli qiyofani tashkil qiladi. Zamonaviy va dolzarb modellar asosan sarg’ish ranglar gammasida taqdim qilingan. Liniya kostyumlar, pidjaklar, kurtkalar, shimlarni o’z ichiga olgan. Marka dizaynerlari urg’u berishda detallarga e’tiborni qaratadi: perforasiya qilingna matolar, bezaklarda ajoyib yechimlar, biroz charmdan foydalanilgan. Bundan tashqari, kolleksiyadan nafis trikotaj, jun, ip, shoyi o’rin olgan. Astarisiz  shoyi va zig’irdan sidirg’a pidjaklar yozgi kayfiyatni ta’kidlaydi.

DANIELE ALESSANDRINI 

Yangi mavsum davomida Daniele Alessandrini erkaklar kiyimining o’ziga xos talqinini namoyish qiladi hamda moda estetikasining umum qabul qilingan qoidalarin buzadi. Bahor-yoz kolleksiyasi komplekslardan xoli, diqqat markazida bo’lishga qodir hamda stillar bilan eksperiment qilishdan cho’chimaydigan erkaklar uchun yaratilgan. Kostyumlar va stilli pidjaklar, kalta va klassik shimlar, trikotaj va tabiiy matolardan erkakcha ko’ylaklarning keng tanlovi – barchasi maksimal darajada qulay bichimi bilan ajralib turadi. Qora, kul rang, qumrangning bashangligi avvalgidek  dolzarbdir. Yangi mavsumda ulardan yorqin tuslar uchun asos yoki kontrast sifatida foydalanish lozim.

EMILIO PUCCI

Emilio Pucci brendining 2013 yil bahor-yoz nazokatli va bashang kolleksiyasi Moda Uyining benuqson firma stilini to’liq miqdorda aks ettiradi. Kooleksiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri – oq rangning barcha qirralari bo’lib, ular matolar fakturasi va sezilar-sezilmas naqshlar tufayli ochiladi. Dizaynerning ajoyib topilmasi – shifon shimga tikilgan  ko’rinmaydigan oq vertikal tasmalar. Yashilning bahoriy tuslari – gulli printlarda. Trendning Sharqqa hurmati – xitoy rassomligiga o’xshash stilizasiyada: animalistik printlar hamda tigr va ajdarlar ko’rinishidagi kashtalarda mujassam bo’lgan. Kolleksiyadan militari stilidagi shorti va pidjakli kostyumlar, hashamatli xaki tusdagi safari-ko’ylaklar, yubka va pidjakli kostyumlar, baskali ko’ylak va toplar, karandash-yubkalar, shimli setlar va o’ziga xos tunikalar o’rin olgan. Emilio Pucci brendining 2013 yil bahor-yoz mavsumida kecha – bu etagi uzun, yelkasi ochiq, xonimlarning siluetini ajoyib takrorlaydigan bashang modellar. Aksessuarlar lineykasida – bezatilgan sumkalar, klatchlar, o’ziga xos dizayndagi ranglar gammasida tuflilar.

EMPORIO ARMANI

Emporio Armani 2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi – bu odmililik va samimiylikni o’z ichiga  olgan stilli va lo’nda qiyofalardir. Armani ko’p qavatlilik mavzusida xayol surishni takli qiladi. Yubka, ko’ylak, ustidan kardigan yoki shim, tunika, uzun sharf, palto – bahor va yozning stilli qiyofalaridir. Armani ko’ylaklari fasonlarining nazokatliligini nafis, tovlanuvchi matolar ta’kidlaydi. Kolleksiya asosida – qora-oq katakli pidjak va shortili kostyumlar, plashlar, shoyi kostyum-shimlar, sirti yarimshaffof, metallik tusdagi kalta shortili kombinezonlar, uzunligi tizzadan yuqor nafis ko’ylaklar. Kolleksiyaning asosiy ranglari – pastelli tuslar, qumrang, kul rang-kumush. Aksessuarlar liniyasida – silliq charmdan sumkalar, kumush tufli va och tusdagi bosonojkalar, shuningdek yirik dumaloq sirg’alar.

ERMANNO SCERVINO

Ermanno Scervino 2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi hashamat va stilli topilmalari bilan o’ziga jalb qiladi. Brend dizaynerlarining versiyasiga ko’ra yozgi ranglar – pushti, qovoq sariq, sariq, binafsha va jigar rang. Kolleksiya asosida – turfa xil bezaklar: uzun popuk, kashta, geometrik qiyiq va qo’sh etaklar bilan to’ldirilgan har xil shakl va uzunlikdagi ko’ylaklar, shuningdek to’qima qirqilgan charm, zamsh, to’r, trikotaj va shoyidan yubka, top va shimlar. Och korall yoki binafsha rangli uzun zamsh ko’ylaklar, yenglari makramedan to’rli toplar bilan bir to’plamda, uzun ingichka yoqali va yenglar perforasiyalangan jaketlar, matodan volan va popukli kalta ko’ylaklar. Kecha ko’ylaklari – bu qovoq sariq rangni fuksiya rangi bilan, qizil rangni binafsha rang bilan uyg’nlashuvidir. Qora-oq ko’ylaklar nafis qora charm bilan inkrustasiya qilingan yoki shoyi popukli geometrik rasmlar va xrustal zarralari bilan bezalgan. Ermanno Scervinoning bosh aksessuarlariga metallga o’xshatilgan charmdan platformali bosonojkalar, uzun sirg’alar va uzun tasmali kichik sumkachalar aylangan.

GRAN SASSO 

«Gran Sasso» italyan markasi yillar davomida yuzaga kelgan an’analardan ortda qolmagan holda, yangi mavsumda shahar stiliga ajoyib moslashgan tabiiy matolar va tabiat tuslarini taklif qiladi. Kardiganlar, polo, jemperlar, sviterlar, yuqori sifatli materiallardan bluzkalar  (ip, zig’ir, jun, shoyi, viskoza, denim). Bahor va yozning bazaviy ranglari sifatida dizaynerlar yer, osmon, yashil ko’katlar rangini aytadi. Oq, qumrang, kul rang, jigar rang, havo rang, och-pushti, limon rangi dolzarbdir. Yengil kontrast sifatida zaytun yoki binafsha tuslarini har xil uyg’unligi taklif qilinadi. Qiyofani garmonik yakunlash uchun qulay mokasinlar yoki tasmali bosonojkalar, sport stilidagi kedalar yoki klassik lodochkalarni tanlash mumkin.

HOSS INTROPIA 

Hoss Intropia 2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi bashang, ixcham, nazokatli va stillidir. Yangi mavsumda oq, qora, fil suyagi, och sariq kul rang, jigar rang va korall rangi zamonaviy ayol qiyofasini yaratadi. Marka dizaynerlari yengil shim, midi-yubklar, shahar uslubidagi ko’ylaklar, bluzkalar va yozgi pidjaklarga umid bog’laydi. Hoss Intropia aksessuarlari egasining maqomini ta’kidlaydi: yozda bu kecha uchun bashang klatchlar va kundalik sumklar, tanketkal bosonojkalar, sharflar.

JACOB COHEN 

Yangi mavsumda klassika bosh rolni o’ynaydi. Yuqri sifatli ipdan bajarilgan Jacob Cohendan to’g’ri bichimli an’anaviy jinsilar an’anaga zid kelmaydi, lekin zamonaviy voqelikka ajoyib mos keladi. Och ko’k tusning tizzadan biroz yuqorida oqargan oq-kul rangga mayin o’tishi Jacob Cohen jinsilarini bahor-yoz mavsumida garderobning juda kerakli detaliga aylantiradi. Ba’zi bir modellar e’tiborni detallarga tortadi: firmali tugmalar, beshta funksional cho’ntak, brendning logotipi tikilgan kashta, cho’ntaklarda yorqin qo’shimchalar.

Vazmin havo rang, to’yingan ko’k, surma rangli modellar cho’ntak va tizzalarda biroz ishqalangan. O’ziga xos bezaklar – choklar bo’ylab sarg’ish va sariq ipdan dekorativ baxyalar, kumush tugmalar, mo’ynali tabiiy charmdan leybllar.

JOHN GALLIANO

Bill  Geyttenning 2013 yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi bo’rtma va keng hajmli ko’rinishda. Dizayner John Galliano usun an’anaviy teatrallikdan voz kechib, butun e’tiborini shakllarga jamladi. Yangi kolleksiyada sharqiy, aniqrog’i mavsum uchun dolzarb yapon motivlari mavjudligi orqasi ochiq plissirovkali va old tomonida burmali ko’ylaklar, shuningdek origamidan byuste-toplarda aks ettirilgan. Bundan tashqari, lineykada katta yoqali keng kurtkalar, yumshoq matodan keng shimlar, keng hajmli yozgi paltolar taqdim qilingan. kolleksiya ranglari yangi mavsumning bahor-yoz kolleksiyalari uchun an’anaviydir: oq, qora, ko’k va havo rang, shuningdek sariq va qovoq sariq rang.

MARIA GRAZIA SEVERI

Brendning falsafasi – eksklyuzivlik va hashamat, 2013 yil bahor-kuz yangi kolleksiyasida ham mujassamlashtirilgan. Ishbilarmon ayollar uchun mo’ljallangan kolleksiya nazokatlik va latofatdan voz kechmasdan, uni biroz g’alatilik bilan uyg’unlashtirishni taklif qiladi.

Tizzani o’rtasigacha ko’ylaklar, bluzalar, tunikalar, keng shimlar, midi-yubkalar qomatni ta’qidlaydi va har kuni yangi rolda ko’rinish uchun imkon beradi. Bunda ayolni xarakteri va kayfiyatining barcha jihatlari namoyish qilinadi. Stil – marka uchun xos bo’lgan detallarda: qo’sh etaklar, toshlar, gipyur.  Matolar brend uchun an’anaviy tarzda tabiiy: shoyi, krep, viskoza, jun, kashemir. Aksessuarlar liniyasida kamarlar, sumkalar, sharflar taqdim qilingan.

MARNI

2013 yil bahor-yoz yangi kolleksiyasida Konsuela Kastiloni marka uchun an’anaviy erkin, lekin aniq bo’rtma bichimni saqlab qolgan: yelkaga urg’u berilgan, yenglari geometrik to’g’ri shaklda, yoqasi chuqur uchburchak o’yilgan va bel qismi pasaytirilgan. Nazokatli baskali ko’ylaklar charm toplarning sport stili bilan uyg’unlashgan, A-siluetli yorqin paltolar, grafikali keng chiziqli jaketlar, barra o’t  rangidagi erkni shimlar, tizzadan biroz yuqori ko’ylaklar, uzun yubkalar, erkin erkakcha ko’ylaklar, uzun golfilar va och pushti tusli charm paltolar dolzarbligini yo’qotmagan. O’ziga xos printlar va yorqin katak, ranglarni dadil uyg’unligi, yengil tovlanuvchi matolar e’tiborni o’ziga tortadi.

MATTHEW WILLIAMSON

Mettyu Uilyamsonning bahor-yoz kolleksiyasi uning hind madaniyatiga bo’lgan sevgisiga bag’ishlangan. Jozibali va nihoyatda yorqin kolleksiya ranglar ko’pligi, ajoyib teksturalari, fakturalari, bazaklarga boyligi, maftunkor kashtalari bilan taassurot qoldiradi. Bashang shimlar, stilli toplar, kecha ko’ylaklarini bezab turgan gradientli rasmlar, peyzaj va gulli printlar, geometrik naqshlar qoyil qoldiradi. Dizayner bashang shoyi, popukli bezaklar, keng shalvarlar, kashtali charm jaketlar, mini-ko’ylaklar, shimlar, yubka va bluzkalar, erkakcha ko’ylaklar, toshlar bilan bezalgan kapri va sumkalar ustunlik beradi. Ranglar palitrasi milliy hind kostyumining barcha tuslarini qamrab olgan: qizil va to’q qizil, sariq va upa tusli, ko’k va fuksiya rangini.

MONCLER 

2013 yil bahor-yoz yangi mavsumida Moncler kolleksiyasi futuristik, erkin va hashamatli chiqqan. Quyosh, okean, issiq qum, qirg’oq bo’yida xursandchilik  va kechalar – brend dizaynerlarini ilhomlantirish uchun asosiy g’oyalardir.

Moncler muxlislari yengil to’rsimon kurtka va plashlar, 60-yillar geometrik stilini eslatuvchi jaketlar, yubka va ko’ylaklar, erkakcha ko’ylaklarni munosib baholaydi. Mazkur yoz modellari tekis poshnali sandaliyalar, futuristik stildagi bosh kiyimlar va quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklar bilan ajoyib tarzda to’ldiriladi.

PAUL & JOE

Yangi kolleksiya uchun qaynoq Gavayya orollari ilhom manbasiga aylandi.  Paul & Joening bahor-yoz palitrasi ozodlik, yangilik va o’ziga xoslik bilan to’yingan. Undan yengil sarafanlar, kalta yubkalar va etagi uzun yubkalar, yupqa ishqalangan jinsilar va uzunlashtirilgan shortilar, bomberlar tqilgan sviterlar, erkakcha bichimli ko’ylaklar, tovlanuvchi shimlar va maykalar, stilli jaketlar, kalta shortilar hamda ko’p sonli shimli kastyumlar o’rin olgan. Oq, havorang, yorqin-qovoq rang, nefrit va moviy ranglar kolleksiyaning barcha liboslariga erkinlik va nafislik ato etgan. Geometrik printlar, yirik gulli motivlar, yo’l-yo’l gullar, tropik to’tiqushlar tasviri va yaqqol metall tuslar e’tiborni tortadi. Poshnali sandaliyalar, tekis poshnali poyafzallar, quyoshdan himoyalovchi dumaloq ko’zoynaklar, har xil fasonli sumkalar va klatchlar ansamblni to’ldiradi.

PIERRE BALMAIN 

Pierre Balmain yangi kolleksiyasi fransuzcha bashanglik va betakror glamur stilni o’z ichiga mujassamlashtirgan. Bichimning murakkabligi uzun pidjaklar, tizzagacha volan-yubkalar, kalta shortilar va bo’yinni tagidan taqiladigan bluzalarda ajoyib ko’rinadi. 2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi istalgan vaziyatga mo’ljallangan  garderobni shakllantirish uchun imkon beradi: jinsi jaketlar, charm toplar, zamsh kurtkalar, to’rli va shoyi ko’ylaklar, kaltalashtirilgan yubka va shortilar. Sariq, qizil, binafsha rangning yorqin, tiniq ranglari konservativ qora, oq va sarg’ish rang bilan ajoyib uyg’unlashgan. To’g’ri bichimli siluetlar, erkin stil, tabiiy matolar – kolleksiyaning o’ziga xos jihatlaridir. Qiyofalarning o’ziga xosligi – detallarda: 60-yillar stilidagi yirik to’rli ko’ylak, biroq baska va an’anaviy yoqali, yoki bo’ynida banti bilan va uzun fonarik-engli “gulli” bluzka kalta shorti bilan uyg’unlashgan.

Erkaklar lineykasida – modellar keng diapazoni: beli yopishgan kurtka va kardiganlardan smoking va shimlargacha.

PIERRE HARDY

Pierre Hardydan 2013 yil mavsumida modali poyafzal – bu yorqin va qiziqarli modellar. Bahorgi garderob ta’sirchan urg’ular va arxitekturali fasonlar bilan ajralib turadi. Modellar qatori turfa xilligi bilan birga, umumiy tendensiyalar har xil shakl va kenglikdagi baland poshnali bosonojka va tuflilar dizaynida aks ettirilgan – klassik shpilkalar, o’ziga xos tanketka va platformalar taqdim qilingan.

Zamonaviy dinamik ayol qiyofasini ixcham baletka va mokasinlar to’ldiradi. Tuslarni keng gammasi poyafzal tanloviga o’ziga xos yondashuvni ta’kidlaydi. Havo rang, yashil va qizil rangning ko’p sonli tuslari neytral tuslar bilan uyg’unlikda rang-barang ansambl asosini tashkil qiladi. Grafikli gullar zamsh, reptiliya printli charm va boshqa materiallarni bezaydi.

RICK OWENS

Dizayner stili, odatdagidek, minimalistik va hashamatli. 2013 yil bahor-yoz mavsumida Rick Owens kolleksiyasi alohida dunyoga g’arq bo’ladi. Bunda glamur granj bilan ajoyib uyg’unlashgan. Yangi kolleksiya ko’ylak va yubkalardan tashkil topgan bo’lib, ular aniq siluetga ega emas. Shu bois, yengil beparvolik va bogemiyali jozibalilik hissiyoti yaratiladi. To’q gamma ustunlik qiladi: dizayner metallik modali tuslarini afzal ko’rib, ular pastel tuslar, klassik oq, sarg’ish va qora rang bilan kontrastga kirishadi.

SALVATORE FERRAGAMO 

Massimiliano Djornettining 2013 yil bahor-yoz kolleksiyasida tinch vazmin hashamatga urg’u bergan. Qisqa va stilli kolleksiya salqin bahoriy kunlar uchun ideal yechimni taqdim etadi. Assimetrik bichimli klassik ko’ylaklar, tor shimlar, tizzani o’rtasigacha paltolar, yubkalar, djemperlar, iщnji baland etiklar. Qora charm, zamsh va yarimshaffof to’rdan Djornetti toplar, jaketlar, aniq siluetli, lekin murakkab bichimli – qaytarma yoqali, ustma-ust yopiladigan va ustiga presslangan mato parchalari tikilgan trenchlarni yaratgan. Dekorativ bezaklarning asosiy elementlaridan mixparchinlar, qalin kashta va yirik bog’ichlar, ilonli print ajralib turadi. Ranglar gammasi sof pastel rangida:  qora, upa rangi, shokolad hamda olijanob metall tuslari – biroz oltin va oq rangda.

SERGIO ROSSI 

Sergio Rossi 2013 yil bahor-yoz yangi kolleksiyasida mavsumning barcha eng modali tendensiyalari aks ettirilgan – to’yingan tuslar, vintajli leytmotivlar, boy bezaklar. Erkaklar kolleksiyasida perforasiyalangan derbi, grek stilidagi sandaliyalar, 70-yillar stilidagi mokasinlar, sport broglari, yozgi bosonojkalar tanlangan qiyofani ajoyib ta’kidlaydi. Ayollar lineykasida – neon rangli popukli, tangachali va poshnasi oq-qora yo’lli  tuflilar, to’qima botilonlar, yozgi etiklar, yaltiroq rang-barang bosonojkalar. O’ziga xoslik yorqin bo’yoqlar, geometrik naqshlar va g’alati materiallar uyg’unligida aks ettirilgan. Modali detallar butun kolleksiyaning yo’nalishin belgilaydi: uch o’lchamli fakturali to’qima charm qo’shimchalar, poshna, tagcharm va tasmalarda grafik elementlar, laminasiya qilingan va loklangan charm. Ranglar palitrasi – klassik qizil va oq tusdan moviy, oltin rang va kumush ranggacha.

SONIA RYKIEL

Sonia Rykiel bahor-yoz kolleksiyasida bo’rtma siluetlar va trapesiyali fasonlar ustunlik qiladi. Kolleksiya qulaylikni xush ko’radigan faol ayollar uchun aynan mosdir. Etagi klyoshlangan bashang yengli ko’ylaklar, belida katta bantli kaltaroq keng shimlar, bluzalar, ko’ylaklar, kapri-shimlar, karndash-yubkalar qiyofaning nazokatliligini belgilab beradi. Nafis to’rlar kolleksiyada markaziy o’rinni egallagan. Chiqish uchun variantlar kokteyl va kecha ko’ylaklari, yengil bluzalar va bashang korall-qizil rangli yubkalar bilan taqdim qilingan.

Bahor-yoz kolleksiyasining palitrasi: oq, yalpiz rangi, to’q-ko’k, shaftoli rangi, och-havorang, qora, mandarin rangi, havorang, losos  va pushti rang, fil suyagi tuslari va indigo. Matolar: ipli trikotaj, shoyi, ip, tafta, atlas, junli trikotaj va payetkalar. Ansambllar keng metalldan va qattiq kauchukli bilaguzuklar, charm etiklar, platformali zamsh sandaliyalar va ilon terisidan sumkalar bilan to’ldirilgan.

ST. JOHN

St John  2013 yil bahor-yoz kolleksiyasida marka dizaynerlari xushbichimlik va hashamat jozibasi ta’siriga berilishni taklif qilmoqda. Kontrastli siluetlarni solishtirish, keng va toraytirilgan shakllar uyg’unligi klassik qiyyofani yaratadi. Nafis trikotaj, shoyi, jun, zig’ir modellar – tizzani o’rtasigacha ko’ylaklar, shimlar, kardiganlar, bluzalar, toplarga – yozgicha nafislikni ato etadi. Ranglar gammasi stilli va nazokatlilikni ta’kidlaydi: moviy, sariq, yorqin fuksiya rangi, pastel-pushti rang, qizil, qora va oq.

TEMPERLEY LONDON

Temperley London   2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi nazokatli, bashang,  ixcham siluetli va bel qismiga urg’u berilgan. Nozik bashanglik va zamonaviylik o’rtasida muvozanatni saqlab turishga har xil uzunlikdagi, atlasdan rang-barang gorizontal yo’lli, tovlanuvchi ko’ylak va yubkalar, yenglari toshlar bilan bezalgan kecha ko’ylaklari, gulli printli fatindan romantik “balerina” yubkalari, to’rni eslatuvchi gulli kashta tikilgan yarimshaffof toplar, kombinezonlar, shuningdek etagi uzun “yirtiq” yubka va bodili to’plamlar yordam beradi. Asosiy matolar – shifon, organza va fatin. Kolleksiya ranglari ko’k va qizil-olcha rangi, jumladan qora, oq, kul rang orasida o’zgaradi. To’rli perchatkalar va 50-yillar stilidagi shlyapkalar qiyofani to’ldiradi.

TORY BURCH 

Tory Burch  2013 yil bahor-yoz kolleksiyasi qahramoni  – faol va nazokatli, zamonaviy megapolis ayoli. Kolleksiyadan tabiiy palitradagi yengil zig’ir va ipli ko’ylaklar, yubkalar, shortilar, shimlar va jaketlar o’rin olgan. Mazkur palitra afrika, hindular va meksika tematikasi motivlaridagi yorqin etnik bezaklar uchun asosga aylangan. Beli yopishgan nazokatli siluetlar, nafis gulli printlar, batik texnikasida bo’yalgan matolar, “rishele” kashtasi kolleksiyaga yozgicha erkinlik va o’ziga xoslikni ato etadi. Modellar etagidagi popuklar, ornamentli tasmalar, rang-barang nozikli naqshlar, yubka va ko’ylaklarda oltin tusli boshoqlar tasviri, yirik marjonlar, yorqin munchoqlardan kole va bilaguzuklar va to’qima poxol sumkalar to’plamlarni bezaydi.

VALENTINO

Bu yozda butun e’tibor matolar, bezaklar va detallarga qaratilgan: eng yorqin ko’rinishdagi to’rlar, nafis shoyi va charm, “qimmatbaho” kristall va iplardan kashta,  belida ingichka kamarli charm plashlarda Valentino brendi uchun xos bo’lgan to’yingan qizil rang va uzun shifon ko’ylaklar. Yangi kolleksiyani tashab turadigan yenglar, fonarik-englar, bantlar, qo’shqavat to’rli etaklar, ko’p sonli yoqalar. Baland yoqali oppoq ko’ylaklar, hamma tugmasi taqilgan shoyi bluzkalar, manishka va manjetlar, sidirg’a tusli odmi kombinezonlar, stilli trenchlar va qo’shib tikilgan fartukli tovlanuvchi shoyi ko’ylaklar ayniqsa dolzarbdir. Kolleksiyaning aksariyat qiyofalari uchli klassik tuflilar bilan, shuningdek tishli tasmasi bor lodochkalar bilan uyg’unlashgan. Valentino yangi kolleksiyasida, shuningdek, keng hajmli sumkalar, klatchlar, brend uchun xos lodochka va sandaliyalar, to’rli espadrilyalar, louferlar ham taqdim qilingan. Kolleksiya ranglari – yorqin alvon, oq, sarg’ish, upa rangi, qora, qirollarga xos ko’k.

VERSACE

2013 yil bahor-yoz kolleksiyasida qora va oltin ranglar uyg’unligiga urg’u berilgan: ko’ylak va kostyumlar qisman oltin bilan bezalgan yoki butunlay oltin gammada bajarilgan. Kaltaroq toplar, jinsi va sarg’ish to’rdan qo’shimchalari bilan qora shoyidan shortilar, havorang ko’ylaklar va tilla rang bog’ichli mini ko’ylaklar,  nafis bluzalar. Klassik rangli kecha liboslari ko’zni qamashtiradigan neon tusli kiyimlar bilan aralashgan. Markerli-pushti, sariq va yashil Donatella Versachening versiyasiga ko’ra yana moda cho’qqisida. Charm yubka va ko’ylaklar kolleksiyaga glem-pankning ta’sirini ta’kidlaydi. Erkakcha stildagi kostyumlar – 2013 yil mavsumining zaruriy atributidir, chunki ular o’zida qulaylik va stilni ajoyib tarzda uyg’unlashtiradi. Benuqson bichimli ansambllar o’ziga xos ranglar gammasida taqdim qilingan: rang-barang printlar, ikki xil rangli kombinasiyalar, havorang, sariq yoki pushti gammadagi sidirg’a variantlar. Qiyofalar nazokatlilikni ta’kidlaydigan baland poshnali botilonlar, etiklar va tuflilar bilan to’ldirilgan. To’rlar, popuklar strazlar ko’pligida – yozgi kayfiyat aks ettirilgan.