Mavsumning asosiy trendlari sizning tahrirlanajak wish-list’ingizning yarim yil oldinroqqa o’tib ketishini ta’minlaydi. Tayanch yondoshuvlar, odatdagidek, o’zgarishsiz qoladi, eng bashang urf yo’nalishlarini esa dizaynerlar allaqachon jahon podiumlaridan e’lon qilib bo’lishdi.

Butunlay qop-qora.

Yangi mavsumda qora rang uchun “Ortiqcha hech narsa” tamoyili hech ham mos kelmaydi. Monoxromlik, detallarning ko’pligi va bezaklarga qaramasdan bu qora rangning kuz-qish mavsumining eng yorqin trendlari reytingida eng yuqori qatorlariga chiqishiga to’sqinlik qilmaydi. Chindan ham ranglarning yo’qligi ba’zan har qanday rangdan afzalroq.

(Alexander Wang, Celine, Christian Louboutin, Eleventy, Billionaire, Elie Saab, Emporio Armani, Fabiana Filippi, Milly, Moncler, Passionata, Self Portrait, Valentino, Philipp Plein)

Kulrang

Yomg’ir va bulutli osmon rangi ham total-look pozitsiyasida, ham boshqa ranglar uchun to’g’ri asos sifatida a’lo yechim sanaladi. Kulrangning barcha tuslari kostyum va paltolarda, ko’ylak va bejirim kardiganlar, xuddi shular kabi trikotaj, shoyi, charm va mo’yna bilan ham juda mos tushadi.

Alexander Wang, Eleventy, Emporio Armani, Fabiana Filippi, Gran Sasso, Milly, Peserico, Salvatore Ferragamo, Self Portrait, Billionaire

Xantal

Bu mavsumda xantal rangi (sariq) turli darajalardagi garderoblarga kirib bormoqda. Qo’rqmasdan boshdan oyoq xantal rangiga burkaning yoki turli yorqinlik tuslari darajasidagi kiyimlar bilan uni sinab ko’ring. Bu kuz haqiqatdan ham oltin kuz bo’ladi.

Celine, Milly, Moncler, Salvatore Ferragamo, Billionaire

Qizil

Ranglar institutining talqini bo’yicha Pantone Cherry Tomato – yilning eng urfdagi ranglaridan biridir. Qizil rang bilan mos keladigan variantlar soni benihoya ko’p, biroq ortiqcha yorug’lik pafosini lakonik shakllar va tushunarli siyratlar bilan mo’tadillashtirgan ma’qul. 

Christian Louboutin, Elie Saab, Milly, Moncler, Pinko, Valentino

Yashil

Yashil rangning sehrli xususiyatlari kuz-qish mavsumi garderobiga yangi hayotni olib kiradiganga o’xshaydi. Zumrad, mayin mox, tropik yaproq va hatto haka tuslari haddan tashqari harakatchan zamonaviy dunyo bosimidan ruhimizni holi etadi va tetiklashtiradi. Nima bo’lmasin, yashil so’nggi eng muhim moda to’plamlarining asosiy ranglaridan biri bo’ldi.

Elie Saab, Emporio Armani, Milly, Moncler, Salvatore Ferragamo, Self Portrait, Zuhair Murad, Billionaire

Katak

Tartan trendi – bugungi kun uchun yangilik emas. Deyarli har mavsumda kataklar u yoki bu ko’rinishda boshqaruvni qo’lga oladi. Black Watch,  tattersall, window pane hamda argayl, glenchek, “Uels shahzodasi”: asosiy qoida esa kataklarning har xil turlari – mayda-mayda kataklardan to yirik va yorqinlarini did bilan uyg’unlashtira olishdir. Turlar ko’p, tanlov esa o’zingizdan.

Emporio Armani, Pinko, Self Portrait, Tory Burch, Dsquared,Philipp Plein, Peserico

Baxmal

Bu mavsumda baxmal inqilobini Milan, Parij, Nyu-York, Londondagi ko’rgazmalarda kuzatishimiz mumkin edi. Asketik kiyimlarning kamtarligini siqib chiqargan baxmal nafaqat bayram oqshomlari uchun, balki kundalik garderob uchun ham juda mos tushadi: keng baxmal shimlar to’qilgan sviterlar bilan umumiylik hosil qiladi, baxmal bomber esa jinsini to’ldiradi, futlyar-ko’ylak idora garderobidan bemalol joy oladi.

Christian Louboutin, Fabiana Filippi, Peserico, Billionaire

Yorug’lik

Deraza ortidagi bulutli osmonning o’zi yetib ortadi, yo’qolsin tushkun ranglar – bolalikdan qolgan qalamlar qutichasi yangi ilhom manbasi va kuz-qish ijodiyoti uchun asos bo’ladi. Hozir faqatgina toza yorqin tuslarning axmoqona aralashmasi, balki printlarni qo’shib yuborish, degrade effekti va color blocking yo’nalishlari ham urfda. O’zini biror bir yagona narsani tanlash bilan chegaralashni istamaganlar uchun ajoyib trend.

Eleventy, Milly, Moncler, My Twin Set, Passionata, Salvatore Ferragamo, Philipp Plein, Billionaire, Burberry

Serjilolik

Yaltiroq tangachalar, toshchalar, lyureks, lame, shoyi, parcha – serjilolik mavsumning eng ko’zga tashlanarli trendlaridan biri bo’ldi. Paxta, jun, trikotaj bilan uyg’unlikda yangi jilo – bosiq va yumshoq, ortiqcha shovqindan holi ko’rinish hosil bo’ldi. Kunduz payti serjilo va yaltiroq ko’ylaklar, yubka va toplar kiyar ekansiz, e’tiborni sokin tusdagi liboslarga ham qaratgan ma’qul.

Christian Louboutin, Milly, Twin Set, Zuhair Murad

Futurizm

Yangi mavsumdagi yulduzlik kasali – bu gazmol va shakl to’g’risidagi hikoyadir. Dizaynerlar futurizm bilan nafaqat metallika ranglari, balki kelajakni xayolga keltiruvchi yuqori texnologiya materiallari, aksessuarlardagi plastik va o’zgacha shakldagi kesmalarni ham bog’lamoqdalar, buning fursati yetib ham keldi. Yangi olamlarni ishg’ol qilish urfga kirmoqda.

Alexander Wang,  Christian Louboutin, Milly

Moviy

Hashamdorlik, tun, chuqurlik rangi. Moviy rang tuslari oqshom liboslarining yengil matolarida va trikotaj va jundan to’qilgan modellar va ustki kiyimlarda ajoyib ko’rinadi. Moviy rang universal va har qanday tus bilan uyg’unlashib ketaveradi: xoh u yorqin yoki moybo’yoq rangida, xoh sokin ranglarda bo’lsin.

Milly, Moncler, Tory Burch, Zuhair Murad, Billionaire

Poncho va keyplar

Ustki kiyimlar mavzusidagi turli-tumanlikda dizaynerlar har qanday o’rtahol obrazga ta’sirchanlik qo’sha oladigan poncho va keyplarni ishonch bilan qo’shishmoqda.  Keng va hashamdor keyplar, sharqona naqshli poncholar yoki bahromali qulay plashlarni ham shim bilan, ham turli uzunlikdagi ko’ylaklar bilan kiyish mumkin.

Peserico, Salvatore Ferragamo, Tory Burch, Valentino, Burberry, Off-White

Puxoviklar

Barhayotlik huquqiga ega trend. Izg’irin kunlarda hech narsa qishki mumtoz aslahalarning keng shakllaridek qulaylikni hech narsa bera olmaydi. Bugun proporsiyalar kutilmagan ko’rinishda, ranglar esa har xil bo’lishi mumkin. Aytgancha, idorada urfdagi puxovikda ko’rinish berish – bu endi bachkanalik degani emas.

Eleventy, Moncler, Valentino, Philipp Plein, Twin Set

Plisse

Plisse yana mashhurlik cho’qqisida. Bu mavsumda murakkab uyg’unliklarni, nostandart uzunlik va noodatiy fakturalar: charm yubka, serjilo matolar, print va kesmalar geometriyasini tanlayapmiz.

Tory Burch, Twin Set, Zuhair Murad, Salvatore Ferragamo, Off-White

Vestern

Yovvoyi G’arb romantikasi zamsh va bahroma bilan kombinatsiyadagi kurtkalar, katak ko’ylaklar, qo’shimcha kissalar, charm shimlar, kazak-etiklar va shlyapalar ko’rinishida ko’plab to’plamlardan o’rin olgan. Kovboylarga xos muhit ko’p yillar davomida podiumlarni aslo tark etmaydi va jozibali bezaklar hisobiga minimalizmni rad etib, amerika vesternlari qahramonlari obrazlarini madh etib kelaveradi.

Billionaire, Dsquared

Ko’pqatlamli obrazlar

Uch, to’rt yoki hatto besh narsa mavjud obrazlar kuz va qishda juda mashhur bo’ladi. Zamonaviy ko’pqatlamlilik mazmuni faqat isinib olishda emas, yana mato, rang va uzunliknining ajib uyg’unligini namoyish etishdan iborat. Dizaynerlarning o’z xayoloti bilan kechgan bu o’yini doimgidek hayratlanarli tarzda go’zal va murakkabdir.

Celine, Fabiana Filippi, Milly, Self Portrait, Twin Set

Gulli printlar

Qora fondagi gullar – bu kuz mavsumida kutilgan barchasidan ilgarilab ketdi. Chizilgan, keng, fotosuratlardagidek haqqoniy yoki stilizatsiyalangan, yirik yoki mitti – yangi gulli mavsum ingliz bog’idagi bahorni va syurrealistlarning xayoliy rasmlarini eslatib turadi. 

Elie Saab, Moncler, My Twin Set, Pinko, Tory Burch, Valentino

Hayvonot olami printlari

Yangi mavsumda to’plamlarga yirtqich urg’u jo etilishi mushkul masala bo’lmay qoladi. Animalistik printlarning ko’pligi asosan kutilmagan ranglar jozibasi va leopard, zebra, yo’lbars va har xil reptiliyalarning san’atkorona dog’lari bilan juda ta’sirli ko’rinadi. 

Valentino, Twin Set, Off-White

Teri

Qora va jigarrang ranglarining mutlaq hokimligi o’z o’rnini podiumlarda yangi rang turlariga bo’shatib bermoqda: teri rangi yorqin va maftunkor rang sifatida tan olinmoqda. Urg’uni charmni, xususan, laklangan, nimshaffof shifon, plissirlangan shoyi, to’r yoki gipyur bilan fakturalari umumlashmasiga beramiz. Ko’tarilgan bel qismli charm shimlar – mavsumning must have ro’yxatida.

Philipp Plein, Off-White, Salvatore Ferragamo, Fay

Denim

Har qaysi zamon uchun mumtoz uslub – jinsi kiyimlar sekin-asta mavsum trendi o’rniga qaytmoqda.  Dizaynerlar yangi denim-obrazlar yaratib, oddiygina jinsi bo’yoqlari gammasini o’zgartirish uchun unga turli burchaklardan nazar tashlashni xush ko’radilar. Bugun denim yuqori funksionalikka ega. Dizaynerlar obrazni turli aksessuarlar bilan to’ldirib tashlashni tavsiya qilishmaydi, jinsilar esa ortiqcha hech narsa, hatto kamarlar bilan ham bosimga uchramaydi.

Dsquared, Jacob Cohen, Scissor Scriptor