Trendlarni kuzata olmadingizmi va yangi mavsumda nima xarid qilishga ikkilanib turibsizmi? Biz sizga Podium Italia butigida xarid amalga oshirish uchun 21 ta munosib sabab topdik:

Qaymoqrang total-look

Eng oddiy rangdek tuyulgan qaymoqrangning yulduzli onlari keldi. Qum yoki bodom tusidan, yoki tuya juni rangidan to’liq obraz yarating va yangi mavsumda eng zamonaviy uslubga ega bo’lib yuring.

MAX&Co,Cappellini, Peserico

Tubsiz sumka

Ayollar uchun ajoyib aksessuarlar yana safda. Bu faqatgina shoper emas, balki ichiga ham hujjatlar, ham karmon va kosmetichka, juda istasangiz, hatto ombir ham sig’adigan o’sha tubsiz sumkalardir.

Burberry, Christian Louboutin, Tod’s

Ichkiyim

Oddiy ko’ylakda ham o’zingizni ishonchli his etish uchun chiroyli ichkiyim kiyish lozim. Yangi mavsumda siz uchun maxsus, bir necha ichkiyim brendlari to’plamlarini olib keldik. Sizga ularni go’zal namunalar orasidan tanlab olish imkoniyatini taqdim etamiz.

Passionata, La Perla, Wolford

Chantelle

«Boks»

Me’moriy shakllar tarafdorlariga ataladi. Bu bahor va yozda asosan “boks-sumkalar” mashhur bo’ladi. Bu sumkalarga ko’p narsa sig’adi, ko’rinishidan ham juda qo’pol emas. Qisqasini aytganda, har kun taqib yurishga arziydigan sumkalar.

Salvatore Ferragamo, Celine, Emporio Armani

Logotipli buyumlar

“Logomaniya” trendi brendlar o’z logotipini yangilashi bilanoq har mavsumda qayta jonlanmoqda. O’tgan yili siz Fendi, Gucci va Dior to’plamlariga e’tibor qaratgan bo’lsangiz, bu mavsum esa o’z muhabbatingizni Burberry, Salvatore Ferragamo va Philipp Plein tomonga yo’naltirishingiz zarur.

Burberry, Philipp Plein, Salvatore Ferragamo

«Jinsa»

Nima ham derdik, qanchalik qattiq istamaylik, “jinsa” bizni mavsumdan mavsumga biroz o’zgarishlar bilan bizni ta’qib qilib kelmoqda. Aslida undan ayrilish uchun juda ham qattiq xohish yo’q: denim kiyimlar har qanday sharoit va holatga moslashib ketaveradi.

Jacob Cohen, Scissor Scriptor, Eleventy

Yomg’irpo’sh (dojdevik)

O’zbekistonda ob-havo juda injiqligi barchaga ma’lum. Bu masalaga eng to’g’ri yechim nima bo’lishi mumkin? Albatta, yomg’irpo’sh-da. Oddiyginasi ham emas, eng zamonaviysi. Bu mavsumda tanlovlar keragidan ham ortiqroq: laklangan, shaffof, printlar va hatto logotiplar bilan bezalgan.

Milly, Fabiana Filippi, Moncler

Valentino, Fay, Salvatore Ferragamo

Klassik uslub

Moda o’z yo’liga, klassik uslubdagi buyumlar esa doim garderobda bo’lishi kerak. Bunda nafaqat kostyumning rangi, u tikilgan matoning tarkibi, balki tikish sifati ham juda muhimdir. Baxtimizga Podium Italia’da taqdim etilgan markalar bilan hammasi joyida.

Scabal, Castangia, Corneliani

Lubiam

Kombinezon

Klassik uslubdagi, charm, kalta, yorqin ranglarga ega – shu bahor yoki yoz mavsumida qanday kombinezon tanlashingizning farqi yo’q – asosiysi, uni xarid qilish. Aynan mana shu masthev tufayli siz do’st va yaqinlaringiz davrasida eng zamonaviysi bo’la olasiz.

Ermanno Scervino, St.John, Phillip Plein

Emporio Armani, Zuhair Murad, Celine

Shortili kostyum

Shortili kostyum — oddiy yozgi kostyum o’rnini bosuvchi ajoyib kiyim sanaladi. U albatta, klassik uslubdagi kesmali bo’lishi ham shart emas. Masalan, Moncler bunday jamlanmani sport uslubida taklif etsa, Valentino uni butunlay pijama uslubida taqdim qilmoqda.

Billionaire, Valentino, Moncler

Keng yelkali kurtka

Qanchalik absurd bo’lmasin, yelka qismi erkaklar kiyimi kabi bo’lgan liboslar ayollar to’plamlarida asosiy trendga aylandi. Siz bunday kiyimlarni boyfrendingiz yoki turmush o’rtog’ingizdan vaqtincha olib turishingiz mumkindir, lekin Alexander Wang, Celine yoki Dsquared2 kabi brendlarning yangi to’plamlaridan o’zingizga mosini xarid qilish baribir ajoyib.

Alexander Wang, Dsquared2, Celine

Mini-ko’ylak va yubka

90-yillar uslubi va u bilan birga o’tmishdan qaytgan ultra-kalta ko’ylak va yubkalarga salom deymiz. Bu holatda oddiy qoida kuchga kiradi: “qancha kalta bo’lsa, shuncha zo’r”. Asosiysi – o’z obrazingizdagi boshqa aksentlarni to’g’ri qo’llay bilish.

Elie Saab, GCDS, Zuhair Murad

Valentino, Off-White, Ermanno Scervino

Patli poyabzal

Bahor va yozda ko’ngil yengillik istaydi.  Dizaynerlar ham o’zining pardek liboslarida yengil matolardan foydalanishni sevadilar. Bu mavsumda biz modaga boshqa tomondan – patli poyabzal tomondan nigoh tashlaymiz. Kim biladi, balki aynan u issiq mamlakatlar tomon qanot qoqishingizga yoqimli bir sabab bo’lar?

Valentino, Premiata

Yangilangan bel sumkalari

Bel sumkalari o’zining dolzarbligini yo’qotgani haqida turli mish-mishlar yuribdi, lekin biz bu haqida bahslashishga doim tayyormiz. Yangi mavsumda bel aksessuarlari yangi yondashuv va ko’rinishda yashashda davom etadi. Sevimli brendlarimiz taqdimotidan suratlar buning yaqqol isbotidir.

Off-White, Fay, Rick Owens

Panamalar

Aksessuarlar faqat zamonaviy ayollarning ovunchog’i deb kim aytdi? Bu yoz faslida moda to’plamlaridan joy olgan, erkaklar uchun panamalar quyoshning o’tkir nurlaridan himoya qiladi. Ishonchimiz komilki, u sizning ham moda garderobingizga juda ham mos keladi.

Moncler, Valentino, Fay

Belbog’li plash 

Sizga eng oddiydek tuyulgan narsalar bu mavsumda yangi hayotini boshlaydi deb hech o’ylaganmidingiz? Qayishlar. Qayishli sumka, qayish o’rnatilgan kostyum (o’zimiz ham hayronmiz). Yondashuvlar turfa, bizga xush yoqqan kiyimlar orasida esa belbog’li plash yetakchilik qilmoqda.

Emporio Armani, Caruso, Salvatore Ferragamo

Plissirlangan libos

Biz plissirni doim dolzarbligi uchun sevamiz. Biz minimalistic plissirlangan yubkalarni, metallashtirilgan plissirlangan yubkalarni, charm plissirlangan yubkalarni ko’rganmiz. Nimasini aytasiz, qanday modalarni ko’rmadi bu ko’zlar. Endi esa plissirlangan ko’ylaklar vaqti keldi. Bu trendga nisbatan qanday munosabatda bo’lishlarini kuzatamiz.

Valentino, Giorgio Grati, Balmain

Burberry, Milly, Celine

Plyaj ko’ylagi

90-yillar trendlari ham, ayollar, ham erkaklar garderobiga qaytmoqda. Bunga yorqin misol – yorqin ranglardagi plyaj ko’ylagi. Ko’ylakdagi rang va printlar miqdori sizning obrazingizga qaratilgan hayrat nigohlari soniga proporsionaldir. Ayniqsa issiq mamlakatlardagi ta’tilda.

Billionaire, Gran Sasso, Salvatore Ferragamo

Qalin poshnali tuflilar

Ayollar moda uchun uzun poshnali poyabzal kiyib yurishlari kerak bo’lgan dahshatli vaqtlar o’tdi. Endi bunday qurbonlik va azoblarga borish yaramaydi: moda insoniylik tobora yaqinlashmoqda. Mustahkam poshna yangi masthev va bir vaqtning o’zida ayollar haloskori bo’la oldi.

Balmain, Santoni, Salvatore Ferragamo

Zeb-ziynatlar

Mukammal obrazni yaratishdagi so’nggi shtrix doimo ahamiyatli sanaladi. Va buning uchun o’z autfitingizni jozibali tugatish uchun favqulodda maxsus detallar zarur. Biz O’zbekistonga ilk bor keltirgan Rosantica brendining nozik zeb-ziynatlari bunda juda qo’l keladi.

Shlyapalar

Bu yoz mavsumida oftobdan bekinib olish yanada yoqimli taasurotlarni hadya etadi, chunki yangi mavsumda dizaynerlar bizga turli-tuman tavsiyalarni hozirlab qo’yganlar. Beretlar, klassik shakldagi shlyapalar va hatto patlar bilan bezalgan (bu moda blogerlari doimiy fotolarida aks etishiga aminmiz), gipertrofiyalangan aksessuarlar. Ko’nglingizga yoqqanini tanlang.

Tory Burch, Pinko, Valentino