Yangi mavsumda uslubga xos ko’rinishning 21 sababi

Podium Italia butigi joriy kuz va qish mavsumida nima urf bo’lishini ma’lum qilmoqda.

Midi-yubka

Bunday uzunlik onalarimizning yoshlik davrlarini eslatsa ham, bugun dizaynerlar bu kabi yubkalarni mutlaqo boshqa uslubda talqin qilishmoqda.

Shu qadar zamonaviy ko’rinishdaki, xatto o’tgan asr uslubi degan fikr hayolingizga ham kelmaydi.

Alexander Wang, Celine, Fay kolleksiyalari buning yorqin isbotidir.

Alexander Wang, Celine, Fay

So’zsiz oq

 Ushbu rang zamonaviy industriyada boy tarixga ega. U kuz va qishda yana urfning cho’qqisiga chiqadi. Dizaynerlar modaga xos mavsumingizni nihoyatda nafis etishga qodir oppoq liboslar, shimlar, palto, aksessuarlar, poyabzallar va kombenizonlar mavzusiga oid o’z variantlarini taqdim etishdi.  Ermanno Scervino va Dolce & Gabbana dan oq smokinglarni, Self-Portrait. va Dion Lee dan ayollar liboslarini,    Alexander Wang dan esa oversayz-ko’ylaklarni kiyishni o’rganamiz.

                             

Alexander Wang, Self-Portrait, Ermanno Scervino

Ich kiyim

 Eng mashhur brendlardan ich kiyimlar obrazingizning asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ular bilan xatto oddiy libosda ham o’zingizni ko’rkam xis etasiz.

Bu mavsumda Chantelle, La Perla va Wolford nimalarni taklif etayotganini bir ko’ring.

Chantelle, La Perla, Wolford

 

Ayollar uchun yirmochli liboslar

 Ko’ylakdagi uzun yirmoch – obrazning asosiy urg’usiga aylanishi mumkin bo’lgan ajoyib detal.

Dizaynerlar Ermanno Scervino va Alexander Wang lar aynan shu yo’l bilan borishdi. Boshqa brendlar esa o’z ko’ylaklariga siluetlardagi qo’yilmalar vositasida ko’proq noziqlik bag’ishlashga qaror qilishdi. Gap Elie Saab, Zuhair Murad va boshqalar haqida ketmoqda.

Alexander Wang, Ermanno Scervino, Philipp Plein

 

Elie Saab, Off-White, Zuhair Murad

 

Eng muhimi

 Ushbu mavsumda funksionallik alohida ahamiyatga ega: endilikda ko’plab brendlar dizaynerlari bizlarni bosh kiyimlarga o’rgatishga urinishmoqda. Albatta ushbu vositasiz qishki obraz tugallanman hisoblanadi.

Yirik to’qimaga ega an’anaviy qalpoqlar, beretlar, quloqli va mo’ynali shapkalardan tashqari, noodatiy shakl va uslubga ega issiqqina akssessuarlarni tanlash imkoniga ega bo’lamiz.

Dolce&Gabbana, Versace, Valentino

Daflkot

 Daflkot, ushbu kapyushonli klassik xit odatiy ust kiyim uchun ajoyib muqobilga aylanishi mumkin. Sevimli dizaynerlarimizdan kiyinishni o’rganamiz.

Corneliani, Fay, Burberry

Denim

Jinsilar – kiyim javonining asosiy qismi bo’lib, u tendensiya va fasllardan qat’iy nazar har doim kerak.

Jacob Cohen va Scissor Scriptor kolleksiyalariga nazar tashlashingizni tavsiya etamiz. Aynan mana shu ikki brend denimga bo’lgan alohida yondashuvi bilan ajralib turadi.

Jacob Cohen, Scissor Scriptor

Uzun plash

 Plashingiz qanchalik uzun bo’lsa, modaga oid darajangiz ham shuncha yuqori bo’ladi. Yangi mavsumda dizaynerlar nafaqat maksi-plashlarni, balki maksi-palto va maksi-par kurtkalarni ham kiyishni taklif etishmoqda.

Biz Valentino, Off-White va Salvatore Ferragamolar namunalariga amal qilishga qaror qildik. Aynan ular uzun plashlarni o’z obrazlariga tabiiy ravishda qo’shib qo’yishgan.

Off-White, Salvatore Ferragamo, Valentino

Klassik kostyum

 Tendensiyalar bir yo’lga,  biroq har bir erkakning kiyim javonida klassik kostyum har doim ham bo’lishi kerak.

Aynan shuning uchun ham biz Billionaire, Castangia, Corneliani, Lubiam va Scabal ga ustunlik beramiz. Chunki ular bir avlod uchun emas, balki ko’p yillardan buyon kostyumlar yaratib kelishmoqda va tikuvchilik mahoratiga alohida e’tibor ajratishmoqda.

Bunday obrazga mos keluvchi poyabzal ham lozim. Masalan Santoni va Premiata dan.

Billionaire, Corneliani, Lubiam

Castangia, Scabal

Katakli kiyim

 Kataklar abadiy tendensiya misoli. U mavsumdan mavsumga ko’chib yuraveradi.

Biz bunga qo’shilamiz. Faqat ushbu mavsumda xuddi 70 yillardagi kabi retro-kataklarga e’tibor qaratishingizni tavsiya etamiz.  Dsquared2, Philipp Plein va Salvatore Ferragamo kolleksiyalaridagi singari.

Agarda siz biroz jiddiy uslublarga rioya qilsangiz, Cappellini, Eleventy va Peserico larning “katakli talqini”ga nazar soling.  Nega endi yo’q?

Dsquared2, Philipp Plein, Salvatore Ferragamo

Cappellini, Eleventy, Peserico

Charm

Bugun charmdan sumka yoki poyabzalga ega bo’lish yetarli emas, chunki bu mato kiyimlarda ham o’z aksini topgan.

Endilikda zamonaviy brendlar kolleksiyalarida ushbu mavzuga turli talqinlarni payqash mumkin. Charmdan kostyum, ko’ylak, kombinezon, shimlar va xatto shortilar – faqatgina sizga nima mos kelishini aniqlab olish kerak.

Burberry, Valentino, Ermanno Scervino

Off-White, Rick Owens, Salvatore Ferragamo

Pinko

Qomatga mos kostyum

Keng yelkali kiyimlarni kiygan qizlar latofatini yo’qotadi deb kim aytdi?

Dizaynerlar ushbu kuz va qish mavsumlarida qomatni ko’rsatuvchi kostyumlarni kiyishni taklif etishmoqda. Siz qaysi birini tanlagan bo’lar edingiz?

Salvatore Ferragamo, Max&Co, Zuhair Murad

Qoplon terisi printiga ega kiyimlar

 Salom, o’tmishdan tendensiyalar!  Qoplon terisi tasvirli print podiumlar va kiyim javonlarimizga qaytib kelmoqda.

Ushbu mavsumda biz Burberry taklif etayotgandek, poyabzallar bilan tajriba o’tkazish, Alexander Wang va Phillip Plein kabi ajoyib ustki kiyimlarni kiyish yoki GCDS va Moncler kolleksiyalaridagi kabi go’zal liboslar to’plamini yaratishimiz mumkin.

Alexander Wang, Burberry, Philipp Plein

GCDS, Moncler

Qo’y mo’ynali ust kiyim

Bu mavsumda qo’y terisi mashhur bo’ladi. Gap faqat ayollar kiyim javoni haqida emas, balki erkaklar ham inobatga olinmoqda.

Siz kurtka yoki paltoga  qiziqish bildirishingiz mumkin. Barchasi sizning u yoki bu brendga bo’lgan qiziqish va xoxishingizga bog’liq.

Burberry, Dsquared2, Rick Owens

Corneliani, Moncler, Philipp Plein

Fabiana Filippi, Eleventy

Bermudlar

 Ayollar kiyim javonida kyulotlar va mini-shortilarga yo’l bergan holda, bermudlar ko’rinmay qolganiga ancha bo’ldi.  Yangi mavsumda ular mashhur trendsetterlar markalarining podiumlarida ko’rina boshladi. Bizga Celine niki yoqdi.

 

To’q sariq kiyim

 Yana bir trend. Biz uni ham erkaklar ham ayollar kolleksiyalarida payqayapmiz. Bu to’q sariq rang.

 Bu kuz va qish g’amgin bo’lishiga hojat qolmaydigan hodisadir. Bizning fikrimizga xech bo’lmaganda Burberry, Off-White, Emporio Armani va boshqa ko’plab brendlar qo’shilishadi.

Valentino, Burberry, Emporio Armani

Dsquared2, Moncler, Philipp Plein

Pistonli ko’ylaklar

Hashamatli kechalarda porlash uchun mos ravishda ko’rinishga ega bo’lish kerak. Masalan pistonli ko’ylakni kiyish mumkin.

Biz Elie Saab, Emporio Armani va Zuhair Murad kolleksiyalarida ko’plab yechimlarni topdik. Zavqlaning.

Elie Saab, Zuhair Murad, Emporio Armani

Noodatiy yelkali kiyimlar

 Ehtimol bizning eng sevimli trendimiz. Eng yoqimlisi shundaki, dizaynerlar turli uslubiy yechimlarni tadbiq etishgan.

Bu yerda kundalik uchun kiyimlar (Off-White, Fay), tematik kechalar uchun (Rick Owens, Milly) va obro’li uchrashuvlar uchun (GCDS, Elie Saab) liboslarni topishingiz mumkin.

Rick Owens, Off-White, Fay

GCDS, Elie Saab, Tory Burch

Plissirlangan kiyimlar

Biz plissirlangan ko’ylak va yubkalarni kiygan edik (va bu jarayon hali ham zamon bilan hamnafasligicha qolmoqda), biroq tendensiya rivojlanib boryapti. Endilikda dizaynerlar turli talqinlardagi plissirovkalarni kiyishni taklif etishmoqda.

Zuhair Murad, Elie Saab, Self-Portrait

Barcha jilovlarda

 Faqatgina bichim va gazlama bilan ishlashdan nima hojat. Axir modaga oid urg’uni ballonli bo’yoq yordamida ham berish mumkin. Ehtimol dizaynerlar kuz-qish kolleksiyalarini yaratayotgan vaqtda shunday fikrda bo’lishgan.

G’oya yangi  va deyarli dadil. Nima deysiz?

Moncler, Alexander Wang, Moncler

G’oz panjasi

 Fransuzlar ushbu bezakni pied-de-poule deb atashadi. Ingliz tilida esa –houndstooth.  Bizlar uchun u fashion-mavsum kayfiyatini aniqlab beruvchi zamonaviy print hisoblanadi. Bu qishda ular Balmain, Celine, Dolce & Gabbana va boshqa ko’plab kolleksiyalarda uchraydi.

 

Katta hajmli par kurtka

 Ushbu mavsumda moda bilan hamohang bo’lish – katta hajmli par kurtkalarni kiyish deganidir. Rangi, printi yoki uzunligi ahamiyatsiz. Muhimi mos o’lcham.

Tortishuvli eshitilyaptimi? Emporio Armani, Off-White, GCDS bunday hisoblamaydi.

Emporio Armani, Dsquared2, Off-White

Sviter

 Aytishlaricha, yil sayin mahalliy qish mavsumi ayozli bo’lib boraveradi. Va biz bunga tayyor turamiz. Chunki issiq sviterlarni kiyish bugun urfga aylangan.

Hajmli va klassik, printli va printsiz, silliq va bo’rtgan.

Valentino, Salvatore Ferragamo, Emporio Armani

Gran Sasso, Cruciani, Gran Sasso

Sharf

Bu tugallangan obrazni yaratish uchun aynan bir detal javob berishi bilan bog’liq holatdir. U ham bo’lsa – sharf.

Eng turli xillarini xarid qilib oling – yirik va kichik, bir tusli yoki printlanganlarini. Va o’z uslubiy tajribalaringizga erkinlik bering.

Moncler, Emporio Armani, Salvatore Ferragamo

Qisqa tutqichli sumkalar

“Barchasi sizning qo’lingizda” – ehtimol akssesuarlar tendensiyalari mavsumining eng muhimlaridan birini shunday atasa bo’ladi.

Qisqa tutqichli sumka – joriy kuz va qishning eng kerakli bo’lgan buyumi. U ham klassik bo’lishi        yoki u qadar bo’lmasligi ham mumkin. Tanlash sizdan.

Сhristian Louboutin, Tod’s, Tory Burch

 Геометрия обуви

Poyabzal  geometriyasi

To’rtburchak uchli poyabzal unchalik kutilmagan trend bo’lmasa kerak. U 1990 yillar go’zalligiga ihlosmand bo’lganlarning qiziqishlarini namoyon etadi.

Dizaynerlar o’tkir uchli poyabzallarni tekislashga shoshilmayaptilar. Ular bunday poyabzallarni Tory Burch  singari midi-yubkalar, Alexander Wang kabi

Alexander Wang, Tod’s, Tory Burch