Erkin jinsilar va romantik kroshelardan urfga qaytgan past o’rnashuvli va ekstremal minilargacha: bahor-yoz 2022 mavsumining eng mashhur trendlari Podium Italia to’plamlarida siz uchun taqdim etilgan.

Very Peri.

2022 yilda eng muhim rang deb e’lon qilingan Pantone`ning ushbu yangi rangi o’zida binafsha-qizil tusli ko’k rangni mujassam etgan. U hayotga ishtiyoq, quvnoq kayfiyat va ijodiy yondashuvni namoyon etadi.

 

Shim kostyumlar.

Erkaklarga xos erkin bichimli shim kostyumlar: erkin casual yoki jozibali klassika – keng tanlov.  Neytral ranglardagi ikkitalik kostyumlar va yorqin to’yingan tuslar.

Neon.

Dizaynerlar qishki karaxtlikdan xalos bo’lish yo’lini neon tuslardan izlamoqdalar. Eng ommabopi  sariq-yashil rang bo’ladi.

 

Katak.

Katak — bahor-yoz mavsumining eng mashhur printlaridan biri hisoblanadi. Uni sport yoki ofis kiyimlaridan, hashamatli oqshom liboslarigacha uchratamiz.

Yo’lbars printi.

Dizaynerlar nazaridan ketmaydigan animalistik printlar ushbu mavsumda jozibali yo’lbars terisiga xos printlar bilan to’ldirildi. Bu o’z o’zidan yo’lbars yiliga ayni muddao.

 

Mini-yubka.

Yozning eng muhim tendensiyalaridan biri – mini. Yangi mavsumda kaltalashtirilgan yubkalar, shortilar va liboslar har qanday qomatli qizlarga mos keladi. Ixcham yoki kontrast buyumlar bilan moslashtiring.

 

Kroshe.

Kroshe usuli bo’yicha yaratilgan kiyim va aksessuarlar urfbop bahorgi obrazlarga mukammal sherik bo’la oladi. Krop-toplar, klesh-shimlar, uzun liboslar va to’rsimon kombinezonlarni izlaymiz.

 

Past belli o’rnashuv.

2000 yillardan tantanali ravishda qaytib keldi: qorinni bemalol ochamiz va mahkam mushaklarni namoyish etamiz. Past o’rnashuvlarni ko’p qavatli komplektlar bilan kiyish mumkin – ko’ylaklar yoki oversayz-kurtkalar bilan.

 

Yaltiroq-shaffof.

Yangi to’plamlarda nafaqat oshkora, balki payetka va metal kashtalarning ko’zni qamashiruvchi jilolariga ega liboslar juda ko’p. O’ta nozik yarim shaffof trikotajdan tikilgan kardigan va toplarni ixcham liboslar bilan uyg’unlikda kundalik hayotga osongina moslashtirish mumkin.

 

Ko’proq hajm

Hajm effektiga o’lchamlar yordamida emas, balki hurpaygan matolar va bichimning katta hajmli qismlarini qo’llagan holda erishamiz. Podiumlarda ko’plab volanlar, keng yubkalar, hurpaygan yenglar va ko’p qavatli kiyimlar ko’zga tashlandi.

 

Uzun popuk.

Mavsumning eng jozibali tendensiyalaridan biri: turli xil talqinlarni o’zida aks ettirgan – 20-yillar uslubidagi glamurdan boshlab, western-style`gacha. Ayniqsa liboslarda namoyon bo’lgan qavat-qavat popuklar dolzarbligicha qolmoqda.

 

Bra.

Mavsumning Must have`i – bra. Kundalik va oqshom ko’rinishlarda qo’llaymiz, yubka yoki shimlar, kostyumlar bilan uyg’unlashtiramiz.

Qirqimlar.

Yangi to’plamlarda qirqimlar eng kutilmagan yerlarda paydo bo’ladi va juda jozibali ko’rinishga ega bo’ladi. Ixcham bichimlar bilan uyg’un kelgan cho’zinchoq, yumaloq, geometrik shakllar juda samimiy ko’rinadi.

Platforma+poshna.

Qanchalik yuqoriga intilsangiz, obrazning moda gradusi ham shuncha yuqori bo’ladi. Ekstremal yuqori tuflilar, sandallar va yalang poyabzallar nafaqat obrazga, balki storislaringizga ham urg’u bo’ladi.

Lazur (ko’m-ko’k rang).

Juda jozibali tus bo’lib, u rastalardan darhol g’oyib bo’lishi aniq. Lazur rang nafaqat kundalik kiyim javoni, balki oqshom dress-kodiga ham mos keladi.

 

Kombinezon.

Moda wish-ro’yxatlaridan avvalgidek birinchilikni egallab kelmoqda. Eng dolzarblari – tor va o’ta nozik ketsyutlar. Ko’ylaklar, jaketlar va liboslar ostidan yoki yolg`iz o’zini kiyishimiz mumkin

 

Sariq rangning barcha tuslari.

Optimistik sariq rang bahor-yoz kiyim javoni palitrasining eng muhim ranglaridan biriga aylandi. Tuslarni jilolashga harakat qiling – oppoq limon rangdan to’yingan zafarongacha. Ayniqsa sariq rangdagi kostyumlar juda jozibali ko’rinadi.

Yo’l-yo’l.

Yangi mavsumda dizaynerlar yo’l-yo’l chiziqlarning uzunligi, kengligi, ranglari va yo’nalishlari bilan tajriba o’tkazmoqdalar. Vertikal, gorizontal, diagonal yo’l chiziqlar qomatning o’ziga xosligini yanada qayd etib turadi.

Keng jinsilar.

Har qanday qomatga mos kompliment-modeldir. Dizaynerlar aynan denimga urg’u berdilar, bu esa keng jinsilar uchun garderobning muhim elementiga aylanishga imkon berdi