PODIUM ITALIA. BAHOR-YOZ 2020

Podium Italia butigida – yangi Bahor/Yoz 2020 mavsumi. Yangi fashion-tajribalar uchun ilhom manbai urfdagi trendlarga o’z nigohimizni qaratamiz.

Mini

Masuvmning urfdagi muhim belgilari mini yubkalardan tortib, mikro-shortilargacha o’z aksini topgan. Dizaynerlar jozibali ayollar oyoqlariga e’tiborni qaratib, oddiylik bilan chegaralanib qolmaslikni taklif etishmoqda.  O’ta kalta yubkalar va shortilar nafaqat plyaj kiyimlari, balki klassik ko’ylaklar, xushbichim jaketlar va lak bilan qoplangan loferlar bilan yaxshi mos keladi.

Alexander Wang, Valentino, Versace

No’xat gul

Polka dots naqshi grafikali printlar ro’yxatida birinchilikni boy berishni istamayapti. Mayda yoki yirik – no’xat so’nggi bir necha mavsum davomida urfdagi gulga aylanib, allaqachon retro safidan chiqib ketgan. Ranglarning to’g’ri uyg’unligi, shu jumladan qora va oq ranglar dueti tufayli ushbu yoz no’xat gul yangi klassikaga aylanadi.

Dolce & Gabbana, Gucci, Dsquared

Tilla va kumush

Yangi mavsumda tilla va kumush obrazlar kiyim javonining sevimlisiga aylanadi. Trend sifatida spektrning eng jozibali tusi – metallik namoyishlarda yaxshi tanildi va podiumdan tashqariga chiqdi. Payteklar, lyureks va yaltiroq ko’ylaklar, yubkalar va kostyumlarni ko’paytirishga tayyor turing.

Balmain, Bottega Veneta, Elie Saab

Klassik ko’k rang

Pantone Color Institute 2020 yil rangini e’lon qildi. U yangi o’n yillikka qadam qo’yadigan – Classic Blue ko’k tusidir. To’q va chuqur Classic Blue – bu g’oyat go’zal rang bo’lib, u bepoyon va sirlarga boy tungi osmonni va okeanning sirli tubini eslatadi.

Dsquared, Emporio Armani, Heron Preston

Bermudalar

Ushbu mavsumda hoshiyali bermudalar klassik shimlarga alternativ bo’lishi mumkin. Ular turlicha: uzaytirilgan, toraytirilgan, hoshiyali va xatto qaytarmali bo’lishi mumkin. Ofisga bermudalarni ustki ko’ylak va jaket bilan kiysa bo’ladi. Charmli model oqshom bazmlariga to’g’ri kelsa, jinsili bermudada dam olish kunlari sayrga chiqing.

GCDS, Rick Owens, Self Portrait

Charm

Charm kiyimlar garderobimizda uzoq vaqtgacha mehmon bo`lad: ushbu mavsumda eng turli ranglardagi midi-yubkalar, asimmetrik liboslar, shimlar va plashlar trendda bo’ladi. Xullas, har qanday charm kiyimlar yozgi garderobning “musthave”iga aylanishi mumkin.

Salvatore Ferragamo, Versace, GCDS

Qat-qat burma

Qat-qat burmadan voz kechishga shoshilmang! Ushbu mavsumda murakkab birikmalarni, nostandart uzunlik va noodatiy fakturalarni tanlaymiz.

Elie Saab, Emporio Armani, Zuhair Murad

Erkaklar sumkasi 

Ryuksaklar, portfellar va cho’ntaklar erkaklar sumkasiga birinchilikni boy berishdi – endi tout-sumkalar, krossbodi va xatto mikro-sumkalar urfga aylanib bormoqda va nihoyatda qulay.

Palm Angels, Philipp Plein, TOD’S

Neytral kedilar (erkaklar uchun)

So’nggi mavsumlarning trendlaridan biriga aylangan minimalizm – urfdagi poyabzallar dizaynida o’z aksini topmoqda. Yassi poshna, asosiy ranglar va  qisqa shakllar – bunday kedilar nafaqat bu yozda dolzarb bo’ladi, balki asosiy garderobga yaxshi investitsiya bo`la oladi.

GCDS, Heron Preston, Santoni

Burmalar

Urfdagi industriyani jilovlab olgan romantik kayfiyat – burmalar, burma hoshiyalar va volanlarning ko’payishida yana namoyon bo’lmoqda. Endi katta va kichik, denim yohud shifondan, vertikal, gorizontal yoki murakkab trayektoriyadagi tannoz detallar obrazning istalagan qismida o’z aksini topishi mumkin.

Elie Saab, Self Portrait, Valentino

Monoxrom  (erkaklar uchun)

Monoxrom obrazni yaratish – yangi mavsumda urfdagi san’atning yuqori cho’qqisidir. Vaqt bilan bog’liq bo’lmagan ushbu trendni nazarga olmaslik va bir gammadagi ranglar bilan ishlash ilhomiga berilmaslik uchun ko’plab dizaynerlar bir xil tusli obrazlar muhlislarini qo’llab-quvvatladilar.

Balmain, Neil Barrett, Tom Ford

Safari

Kolonial uslub – moda olami kengligi doimiydir. Ushbu yozda safari ko’plab cho’ntaklar, bog’ichlar, drapirovkalar, bir qator tugmalar va korsetlar bilan tajriba o’tkazishga ijoz’at bergan holda, mavsumning eng romantik tendensiyalariga aylanadi.

Dsquared, Marcus Lupfer, Dolce & Gabbana

Bowling Shirts    (erkaklar uchun)

Bouling o’yinchilarining uniformasiga o’xshash yengil ko’ylaklar “urfdagi strayk”ni nafaqat professionallar, balki endigina boshlaganlar uchun ham ta’minlab beradi. Tropik, multfilm yoki gulli printlardan ilhomlanamiz.

Dolce & Gabbana, Dior, Valentino

Uzaytirilgan ko’ylayklar

Sondan sal pastroq yoki tizzagacha bo’lgan uzunlikdagi modellar keng “erkin” shimlar bilan yaxshi mos kelib, obrazga sharqona kolorit yoki safari mavsumida urfni yodga solib turadi. Juda yozbob.

Valentino, Palm Angels, Burberry

Keng shimlar (erkaklar uchun)

Baland belli keng shimlar, zich paxtadan kostyumli, hoshiyali yoki sportga oid shimlar ushbu mavsum erkaklar garderobining eng asosiy “musthave” laridan biriga aylandi.

Off White, Palm Angels, Emporio Armani

Total-denim

Boshdan oyoq denim – yangi mavsumning eng mashhur kombinatsiyalaridan biridir. Dizaynerlar yalang’och tanaga jinsi kurtkalarni kiyishni, bir tusdagi kamonlarni yaratish, shuningdek jinsi ko’ylaklar va kombinezonlarni unutmaslikni tavsiya etishmoqda.

Valentino, Dsquared, Heron Preston

Gulli printlar

Ayollar uchun bahor va yozgi to’plamlarning deyarli barchasida qiyg’os ochilayotgan gullar – bu yoqimli an’anadir. Bu yil e’tiborni maksimal darajadagi yorqin, rang-barang va yetarlicha yirik gulli printlarga qaratamiz.

Dolce & Gabbana, Gucci, Elie Saab

Bo’rtma yeng

Bo’rtma yenglarga bo’lgan trend o’tgan bahordan biz bilan. Eng bo’rtma modellarni dadil tanlayvering – tannoz fonarchalardan tortib, hajmli buflargacha. Moda namoyishlaridagi obrazlar va Podium Italia to’plamlaridan ilhomlanamiz.

Elie Saab,  Self Portrait,  Palm Angels

Shaffoflik

So’nggi moda namoyishlarida bizga taqdim etilgan g’ayritabiiy va aqldan ozdiruvchi obrazlar to’liq shaffoflikni qayd etmoqda.   Provokatsion yengil va uchar matolar – 2020 yilning bahor va yozida eng urfdagi qizlar garderobining ajralmas qismiga aylanadi. Shaffof yoping`ich, bluzalar va xatto yengil, mayin matolardan kostyumlarni yaxshisi odatiy toplar, yubkalar va shimlar bilan moslashtirish o’rinli.

Emporio Armani, Valentino, Gucci

To’qima

To’qilgan aksessuarlar sevimli “musthave” lar qatoridan joy oldi ehtimol. O’tgan yilda somonli “savat” eng dolzarb to’qima naqshi bo’lgan bo’lsa, ushbu mavsumda esa dizaynerlar to’qilgan sumkalar va charm poyabzallarga e’tiborni qaratishni tavsiya etishmoqda.  Poxol aksessuarlar – bu deyarli klassika demakdir.

Dsquared, Salvatore Ferragamo, Dior

To’q sariq kayfiyat

Moda haftaligidagi dizaynerlar va Pantone Color Institute ekspertlari to’q sariqni bahor va yozning eng mashhur ranglardan biri ekanligini bir ovozdan tan olishdi. Shunday ekan mos tuslarni tanlashni boshlang: deyarli barchasi urfda bo’ladi – eng yorqin to’q sariqdan boshlab, mayin va nozik marjon tuslargacha.

Dolce & Gabbana, Gucci, MSGM

Pushti

Atrgul ranglari ham ayollar, ham erkaklar to’plamlari dizaynerlari tomonidan ayniqsa bu yoz alohida e’tiborga molik bo’lmoqda. Vaholanki mayin pastel gamma trenddagi ranglar qatorida qolayotgan bo’lsada, ko’zni qamashtiruvchi yorqin fuksiya o’z o’rnini yanada mustahkamlab oldi.

MSGM, Emporio Armani, Gucci

Binafsha rang

Changli lavandadan bahorgi siren va chernika shinnisigacha – uning barcha tuslari bahor va yozda eng talab etiluvchi bo’la oladi. Intensiv siyohrang yoki mayin pastel – sizga ko’proq mos keluvchi ranglarni tanlang.

Gucci, Dolce & Gabbana, Valentino

Oq

Usiz asosiy garderobni tasavvur etib bo`lmaydigan o’sha oppoq rang yangi mavsumda eng cho’qqida qolishda davom etadi. Oq ustidan oq: Bahor-yoz 2020 mavsumi podiumlarida deyarli barcha narsalarni oq rangda ko’rish mumkin edi– uzun liboslardan tortib, erkaklar kostyumlarigacha, to’rli yubkalardan, yozgi trikotajgacha. Yangi urfdagi obrazingizni yangi sahifadan boshlang.

Valentino, Off White, Gucci