Catsuit

Catsuit – gavdaga to’liq yopishib turuvchi kombinezon jahon podiumlarida haqiqiy shov-shuvga aylandi. U to’rsimon, jimjimador, jundan yoki trikotajdan tikilgan, bir tusli yoki murakkab abstrakt naqshli bo’lishi mumkin – muhimi, o’z qomatingizga ishonsangiz bo’lgani.

 

Eko-mo’yna

Biz ekologik va ongli iste’mol tendensiyasiga rioya qilishni davom ettiramiz. Ikki bortli paltolar, uzaytirilgan parkalar, kalta va oversize-po’stinlar, kurtkalar va oshlangan teridan tikilgan nimpo’stinlar notabiiy mo’ynadan tayyorlangan bo’lishi kerak. Aytgancha, turli xil ranglarda ular nihoyatda jozibali ko’rinadi

Total knit

Trikotaj – mavsumning muhim tendensiyasidir. Kiyim javoningizda to’qilgan kiyimlar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Uzun liboslar, to’liq to’plamlar, knikerslar, poyabzal va xatto sumkalar: dizaynerlar total look`ga e’tiborni qaratishmoqda. Trikotajli minimalistik uzun liboslar chelsi, etiklar, yirik botinkalar bilan mukammal mos keladi.

 

Mykonos Blue/Ko’k Mikonos

Pantone  ranglar Instituti talqiniga ko’ra – bu mashhur Gretsiya oroli va Egey dengizini eslatuvchi yorqin ko’k rangdir.

Illuminating

Pantone ranglar Instituti mutaxassislari tomonidan e’lon qilingan mavsumning eng muhim ranglaridan biri – bu quyoshli kun kabi quvnoq va zavqli bo`lgan porloq sariq rangdir.

 

Leprechaun

Pantone ranglar Instituti yangi mavsumda Irlandiya afsonalaridagi mashhur elflar ramzi hisoblangan Leprekon – jozibali yashil tusni kiyishni tavsiya etadi.

 

Fuchsia Fedora

Pantone ro’yxatidagi eng muhim tuslardan biri – Fedora yorqin fuksiya rangidir. Dovyurak pushti tus juda ham qiziqarli va maftunkordir.

 

Adobe

Adobe — quyoshda tovlangan terrakotaning iliq va umid bag`ishlovchi tuproq rangi.

 

Shaxmat o’yini

Brendlar o’z ihtiyorlarini shaxmatga berishmoqda va taniqli oq-qora printlarni turli variatsiyalarda qo’llashmoqda. Jumladan ular naqshlarni romb shakliga o’zgartirishga ham urinishmoqda. An’anaviy nimchalar, shuningdek palto, ipak liboslar va naqsh tushurilgan yubkalarni kiyamiz.

 

Kumush

Zar tangachalarsiz qish mavsumi, quvnoq bayram va voqealarni tasavvur etib bo’lmaydi. Yorqin toshlar sochmasi nafaqat metal liboslar va kombinezonlarni, balki xatto sport shimlari, xudi va sevimli krossovkalarni ham bezatib turishi mumkin.

 

Qavilgan kiyim

Bu faqatgina bomberlar, parkalar, palto yoki keyplar emas. Yangi mavsumda yupqa teksturali matolardan tikilgan qavilgan liboslar eng sevimlisiga aylanishi aniq. Ular bazaviy trikotaj va paxta matoli kiyimlar bilan yaxshi mos keladi.

 

Ekstra uzun yenglar

Juda uzun yengli sviter yoki pulover? Kutilmaganda qulay va shubhasiz urfbop. Acne Studios yoki Balmain`dan izlaymiz. Qalam-yubka va yirik bezaklar bilan kiyamiz.

Nimchalar

Biz bilan o’tgan qish faslidan buyon birga qolmoqda. Urfbop apgreydni amalga oshiramiz va kiyim javonimizga turli xil variantlarni qo’shamiz: obrazingizning muhim qismiga aylanadigan bosiq monoxromdan tortib, faol printli yorqinlarigacha.

Tog’-chang’i estetikasi

Kutilganidek, dizaynerlar shinam rangli kurtkalar, naqshli par kurtkalar, issiq leginslar va  skandinaviya naqshli sviterlarga ko’proq e’tiborni qaratishgan. Chang’i kurortlar uchun uniforma shaklida uslublashtirilgan kiyimlar qulaylikni hush ko’ruvchilar uchun mutlaq xit hisoblanadi.

Cropp-kiyimlar        

Bra-toplar — yoz mavsumining must have`i hisoblanadi. Ular shuningdek qishki kiyim javoningizga ham moslashtirilgan. Dizaynerlar ipak toplarni oversayz-jemperlar va liboslar bilan kiyish shuningdek toplar va yarim shaffof longslivlardan setlarni yaratishni tavsiya etishmoqda.  Bundan tashqari kaltaytirilgan jaketlar va par kurtkalar ham ommabop bo’ladi.