Neil Barret

“Futbolka har qanday pidjak jiddiyligini kamaytiradi. Shaxsan menga “tomoq ostida turadigan” yoki U-shaklli yoki aylana kesimli oq futbolkalarni kiyib yurish yoqadi. Shunday bir futbolkani sevimli rok-guruhi ramzi yoki yoqtirgan boshqa printingingiz bilan jiddiy pidjak kiyib ko‘ring – va yetarlicha yorqinlikka ega bo‘ling“

Me’morchilik, aytgancha, minimalist dizayner uchun doimiy ilhom manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning me’morchilik tarixidagi eng sevimli yo‘nalishi – bezakdorlik ustidan turmushga yaroqlilik jihati ustun qo‘yilgan Bauxaus yo‘nalishi ekanligini anglab yetish mushkul emas. Barrettning Bauxausdan ilhomlanishi uning 2013-yilgi kuz-qish mavsumi uchun mo‘ljallangan to‘plamida jo bo‘ldi: ajoyib bichimga ega go‘zal liboslar Mis van der Roe va Valter Gropius ishlarini eslatuvchi geometrik shakllar bilan to‘ldirilgan.

Nil Barrettning o‘ziga xos yutuqlaridan biri shundaki, u moda borasidagi yetarlicha konservativ tasavvurlarini (“Erkak erkakdek kiyinishi kerak”, – degandi u) yangicha, ziyraklik va ijodkorlik bilan aks ettirmoqda.