Enrico Mandelli – erkaklar uchun xushbichim kiyimlarning Italiya brendi hamda ildizi o’tgan yuz yillik boshlariga borib taqaladigan katta oila tarixidir.
Mandelli to’plamlarida asosiy e’tibor timsoh charmidan mahsulotlar yaratishga qaratilgan, timsoh charmidan tikilgan kurtkalar mislsiz to’plamlari esa – oila faxridir. «Enrico Mandelli Spa» – bu tengi yo’q mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi nihoyatda nozik va mayin jozibali gazmol yaratishni uddalay olgan dunyodagi yagona kompaniyadir.
1960 yillarda marka assortimenti vigon va kashmiri kurtka hamda paltolar bilan to’ldirildi.
Zamonaviy tarixni oilaning to’rtinchi avlodi – Andrea Mandelli yaratmoqda. U korxonani yanada modernizatsiyalashtirishga erishdi.
Bugun Enrico Mandelli brendi erkaklar va ayollar uchun ust kiyim-bosh va mo’yna mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Marka to’plamlarida shuningdek doimiy tarzda par, kashmiri, jun va ipakdan kurtkalar taqdim etilgan. Eksklyuziv charm, mo’yna va sara gazmollarning uyg’unligi, qomatga mos qulay o’rnashuvi Enrico Mandelli markasi mahsulotlarini ish va kundalik hayot, shuningdek ishdan tashqari vaqt, sayyohatlar va faol dam, o’ziga xos voqealar hamda tantanalarda yanada mukammal etadi.