Gucci

“Velosipedda baxtli bo‘lgandan ko‘ra “Rolls-Roys“da yig‘lagan ma’qul!” — Mauritsio Guchchining ayoli Patritsia Reddjianining bu kinoyali iborasi Gucci Moda Uyining falsafasini to‘la namoyon etadi.

Albatta, yuqoridagi so‘zlar ancha-muncha muhokamaga sabab bo‘lishi tayin — vaholanki, har birimizning o‘z qarashlarimiz bor. Bu bilan butun dunyo ardog‘idagi brend kiyimlariga muhabbat kamayib qolmaydi…

 

Butun dunyoda Gucci belgisi yetakchi qoyilmaqom italyan mahoratidan ayro tasavvur qilinmaydi va moda mutaxassislari orasida o‘zining mustahkam obro‘-e’tiboriga ega.

Asos solinganidan 90 yil buyon florensiyaliklar faxri sanalgan Moda Uyi an’analar va innovatsiyalar timsoli bo‘ldi. Har bir ramz – dekoratsion bezaklardan tortib qizil-yashil tasmagacha, “Jeki” sumkachasidan mashhur Flora naqshli ro‘molga qadar – bu Moda Uyining boy tarixi boblaridir. 60-yillar oxirida esa mashhur GG logotipi — Guchio Guchchi bosh harflari paydo bo‘ldi.

Gucci – bu oliy doira namoyandalariga ham har kun, ham qizil gilamli yo‘lakchada hamroh bo‘luvchi jahonga mashhur sifat belgisidir.