Daniele Fiesoli

Daniele Fiesoli to’plamlarida mutlaqo barchasi uyg’un – dizayn, narx va ajoyib sifat!

Daniele Fiesoli – Italiya brendiga 1990 yilda Florensiyada dizayner Daniele Fiesoli tomonidan asos solingan bo’lib, u trikotaj ishlab chiqarishning yangi kontseptsiyasini dunyoga taqdim etdi.

Brend falsafasi uning yaratuvchisi tomonidan “Absolutely made in Italy” talqinida shakllantirilgan.

Daniele Fiesoli trikotaj buyumlari har bir detalda ijodkorlik, mukammal ip sifati va har bir qismdagi o‘ziga xoslikni uyg’unlashtirgan osongina tanish mumkin bo’lgan uslubi tufayli butun dunyo iste’molchilarining ishonchini qozondi. Brend muxlislari, ayniqsa, uning uzun tolali paxta, mayin merinos yungi va mo’g’ul kashmiri asosida ishlangan uzoq vaqt trikotaj shaklini saqlay biladigan yumshoq kiyimlarini qadrlashadi.

Daniele Fiesoli yirik Woolgroup kompaniyasining ajralmas qismi bo‘lib, u ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib keladi va “made in Italy” yorlig‘ining barcha shartlariga javob beradigan lyuks trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, shu jumladan matolarni yaratishdan qayta ishlashgacha –  barchasi asosan qo’l mehnati qo`llaniladigan kichik Toskana fabrikalarida amalga oshiriladi.

Daniele Fiesoli to’plamlari  tarkibida jemper, futbolka, polo, kardigan, kurtka, vodolazka, libos, yubka, shim, poncho, nimcha, bo’yinbog’, bosh kiyimlar mavjud. Bazaviy kiyimlar – asosan bir tuslik bo’lib, kiyim javoningizga osongina uyg’unlasha oladi. Mavsumiy modellar intarsiya texnikasi yordamida naqshlar (o’rimlar, romblar, chiziqlar), yamoqlar, kontrast detallar va ishlov berilmagan etaklar bilan bezatilgan.