Balmain

“O‘n ming dollarlik narsalar — mening sevimli ijod namunalarim, lekin hashamdor ziynatlarning jajji singillari ham paydo bo‘lishini istayman“.

Olivye Rusten, Balmain ijodiy direktori”

Balmain belgisining falsafasi Pyer Balmen davridagi kabi saqlanib qolgan. Sog‘ligidagi muammolar sabab ijodiy direktor lavozimini tark etgan Kristof Dekarnen o‘rniga fransuz Olivye Rusten keladi. Balmen modellarini bezashni xush ko‘rgan. Olivye Rusten brend falsafasidagi bu yo‘nalishni tushunib yetdi. Biz uni kristall, naqsh, bo‘rtma to‘rlar bilan yaraqlagan liboslarning zamonaviy moda ixlosmandi sanaluvchi ayollar talablari – latofat, nafislik kabilarni to‘plamimizda mushtaraklashtira olishimizda ko‘ramiz.

“Bugungi kunga kelib Fransua ko‘chasidagi 44-uy chindan ham ommaviy e’tibor markazidagi maskanga aylandi, chunki xuddi shu yerdan uslub va an’analar, yuqori texnologiyalar va rivojlanishga doimiy intilish makoni – haqiqiy moda imperiyasi faoliyati boshlangan. Bu yerda hammasi mavjud. Har bir nozik bo‘lakchada nozik did bilan yaratilgan ayollarga xos modellardan tortib, eng yuqori talablar darajasidagi sovuqqon modellarga qadar.

Aytish mumkinki, Balmain Modalar uyi o‘zi qoidalar o‘rnatuvchi xos uslubi ustidan hukmronlik qiladi.

Pyer Balmen modellarini faqat ungagina xos noyob uslubda yaratgan. Bunda u jahon san’ati asarlaridan, asosan mandarin (xitoy) va arab motivlaridan ilhomlangan. Bu qiziqish Balmen tomonidan katta-katta turli-tuman o’simliklar va gullar rasmlaridan ko’p foydalanilganida seziladi.

Dizayner uslubining bosh unsuri arabeskalar – mo‘jizaviy o‘simliklar va gemoetrik shakllardan yaratilgan murakkab sharqona shakllar bo‘lgan. Bu naqshlar modelyerning har yangi to‘plamida uchraydi.

“Balmenning oltin, bronza, dur bilan tikish, bundan tashqari, jun, moybo‘yoq ranglaridagi atlas, ipak va taftadan foydalanish ham taniqli ijodiy dastxati sanaladi. Bularning barchasi betakror qo‘l mehnati bilan mukammal holatga keltirilgan. Modelyerning kiyimlarini o‘sha davrlarning eng mashhur va boy insonlar bajonidil sotib olishgan: Marlen Ditrix, Jennifer Jons, Jan-Pol Belmondo, Brijit Bardo, Vivyen Li, Sofi Loren, Ketrin Hepbyorn, tailandiklar malikasi Sikirit va ko‘plab boshqalar.